Inspeksiya mas'uli xabar berişiça, bir neçta nodavlat oliy ta'lim muassasalarida abituriyentlardan hujjat qabul qiliş jarayoni davom etmoqda.
“Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan nodavlat oliy ta'lim taşkilotlari soni 29 taga yetdi. Ta'lim inspeksiyasi tomonidan hozirgaça 19 ta (şundan 8 tasi 2021 yilda) nodavlat oliy ta'lim taşkilotlariga litsenziya berilgan.
Joriy yilda oliy ta'lim muassasalariga qabul qilinayotgan talabalarning qariyb 10 foizdan ortiği, ya'ni 20 000 ming nafarga yaqini aynan nodavlat oliy ta'lim taşkilotlari hissasiga töğri keladi.
Talabalarni öqişga qabul qiliş tartibi nodavlat oliy ta'lim taşkilotlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Şu jumladan öqişga hujjatlarni qabul qiliş muddatlari ham. Ta'lim inspeksiyasi tomonidan nodavlat oliy ta'lim taşkilotlarining rasmiy veb-sahifalari örganilganda, hozirgi kunda Toşkent şahridagi Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti, Ma'mun nomidagi Jahon tillari instituti, TMC instituti hamda TEAM universiteti, Toşkent şahridagi Britaniya menejment universiteti, Toşkent xalqaro ta'lim universiteti kabi oliy ta'lim taşkilotlarida qabul jarayonlari davom etmoqda”, dedi u.
Ta'kidlanişiça, uşbu muassasalarga oliy ta'lim xizmatlari körsatiş uçun Ta'lim inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda litsenziyalar rasmiylaştirilgan. Mazkur nodavlat oliy ta'lim muassasalari tomonidan berilgan diplom mamlakatdagi boşqa oliygohlarniki bilan bir qatorda tan olinadi.













