Bundan taşqari, marhum afğon qömondoni Ahmad Şoh Mas'ud şarafiga atalgan maydon ham qayta nomlangan. 

Avvalroq The Wall Street Journal naşri “Tolibon” Kobul aeroportidan 200 ga yaqin xorijlikka uçib ketişga ruxsat berganini ma'lum qilgan. Ma'lumotlarga köra, xorijliklarni olib ketiş uçun Kobulga Qatar Airways aviakompaniyasining Boing-777 samolyoti kelgan.  

Şuningdek, Afğonistonda hokimiyat tepasiga toliblar kelgandan beri Kobul aeroportidan birinçi tijorat parvozi amalga oşirilgani ma'lum qilindi. Ma'lumotlarga köra, ayni vaqtda aeroport fuqaro reyslariga xizmat körsatişga tayyor.

Hozirda Kobul aeroporti faoliyatini tiklaş bilan afğon mutaxassislaridan taşqari, Qatar va Turkiyadan kelgan mutaxassislar ham şuğullanmoqda. Bundan taşqari, Qatar Afğonistonga yuk va yölovçilarni tekşiriş uçun kompyuter va skanerlar ajratgan.