Tesla Model S Plaid elektromobili Nyurburgring poyga trassasida elektromobillar orasida tezlik rekordini örnatdi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.

S Plaid yetti daqiqa 30,9 soniya içida 20,76 kilometr masofani bosib ötdi. Bu bilan u 2019 yilda Porsche Taycan elektromobili örnatgan rekordni 12 soniyaga yangiladi.

Tesla rahbari Ilon Mask rekord qayd etilganini tasdiqladi.

Uning sözlariga köra, sinovda heç qanday modifikatsiya qilinmagan elektromobil iştirok etgan.

Maskning qöşimça qilişiça, Tesla yaxşilangan aerodinamika, karbon tormozlari va maxsus şinalarga ega yana bir Model S Plaid modelida sinov ötkazadi.