Quyidagi hududlarda toifadan taşqari maqomga ega bölgan “Masofaviy elektron deklaratsiyalaş” bojxona postlari bosqiçma-bosqiç taşkil etiladi:
- 2021 yil 1 oktyabrdan Toşkent, Sirdaryo, Qaşqadaryo va Xorazm viloyatlari bojxona boşqarmalarida;
- 2022 yil 1 apreldan boşqa hududiy boşqarmalarda.
Hududlardagi 6ta bojxona posti tugatiladi. Ular:
- Qoraqalpoğiston Respublikasidagi “Naymanköl” temir yöl çegara bojxona posti;
- Qaşqadaryo viloyatidagi “Qarşi tola” TIV bojxona posti;
- Qaşqadaryo viloyatidagi “Qarşi” temir yöl çegara bojxona posti;
- Surxondaryo viloyatidagi “Amuzang” temir yöl çegara bojxona posti;
- Farğona viloyatidagi “Beşariq” temir yöl çegara bojxona posti;
- Farğona viloyatidagi “Öqçi” çegara bojxona posti.
2021 yil 1 oktyabrdan “Masofaviy elektron deklaratsiyalaş” postlari taşqi iqtisodiy faoliyat (TIF) iştirokçilarining elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini masofaviy rasmiylaştiradi.
2021 yil 1 dekabrdan “Masofaviy elektron deklaratsiyalaş” Davlat çegarasi orqali avtomobil ötkaziş punktlarida:
- veterinariya va fitosanitariya organlarining hujjatlarini “Yagona darça” bojxona axborot tizimi orqali tekşiradi;
- veterinariya va fitosanitariya organlarining tovar-transport hujjatlariga muhr bosiş va röyxatga oliş amaliyoti bekor qilinadi.
2022 yil 1 yanvardan:
- ortiqça tölangan yoki undirilgan bojxona tölovlari TIF iştirokçisiga 3 iş kuni davomida qaytariladi;
- bojxona tölovlarini keçiktirib yoki bölib-bölib tölaşning eng kam muddati 14 kun etib belgilanadi va uşbu muddatda foizlar undirilmaydi;
- Davlat bojxona qömitasi tizimida Markaziy bojxona laboratoriyasi taşkil etiladi.












