Talassemiya bilan oğrigan bemorlarga va ularning oilalariga yordam beriş maqsadida Özbekistonda birinçi marta Samarqand şahrida Talassemiya fondi taşkil etildi. Joriy yil 11 sentabr kuni viloyat bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazida uning oçiliş marosimi bölib ötdi. Fond mazkur tibbiyot markazi bilan hamkorlikda işlaydi va fondning ofisi ham şu yerda böladi.

Oçiliş marosimida respublikaning turli burçaklaridan yetakçi gematologlar, endokrinologlar, professor va olimlar hamda turli fondlar rahbarlari iştirok etişdi.

Talassemiya fondiga Samarqand şahrida yaşovçi Feruz Davronov rahbarlik qiladi. F.Davronovning aytişiça, farzandlari şu dardga çalingan va u öz vaqtida bolalarining davolanişi uçun bor mablağlarini hamda uyini sotib uning pullarini sarflagan.

Talassemiya kam uçraydigan, ammo jiddiy irsiy kasallik bölib, gemoglobin tuzilişi va funksiyasining buzilişiga olib keladi. Bunday kasalga çalingan bemorlar doimiy ravişda qimmat dori-darmonlar bilan davolanib yurişga majbur bölişadi. Şuningdek, ularda doim qon tanqisligi kuzatiladi.

Qayd etilişiça, talassemiya kasalligi asosan yaqin qarindoşlar örtasidagi nikohlardan tuğilgan bolalarda uçraydi. Bugun Özbekistonda talassemiya bilan oğrigan 200 dan oşiq bemor röyxatga olingan. Ularning asosiy qismi Surxondaryo, Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlarida yaşaydi.