“16-17 sentabr kunlari prezidentimiz Tojikiston poytaxti Duşanbe şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etadi. Ötgan yil ŞHT sammiti pandemiya sababli onlayn formatda ötkazilgan edi, bu safar davlat rahbarlari bevosita uçraşadilar.

E'tiborlisi, ŞHTning uşbu sammiti taşkilot tuzilganining 20 yilligi nişonlanayotgan bir paytga töğri kelmoqda.

Sammitning birinçi kuni, 16 sentyabrda davlatimiz rahbari taşkilotga raislik qilayotgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Pokiston boş vaziri Imron Xon bilan, 17 sentabr kuni esa Eron prezidenti Ibrohim Raisiy bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazadilar.
 
17 sentabr kuni esa davlat rahbarlarining yiğilişi ötkaziladi. Yiğiliş yakunida ŞHTga raislik Tojikistondan Özbekistonga ötadi. Köplab xorijiy ekspertlarning fikriça, Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan keyingi beş yilda olib borilayotgan keng kölamli işlar hisobga olinsa, Özbekistonning ŞHTga raisligi xavfsizlik va yuzaga kelişi mumkin bölgan xavf-xatarlarning oldini oliş nuqtayi nazaridan alohida ahamiyatga ega böladi. 

Mamlakatimiz raisligi juda samarali böladi, taşkilot faoliyatini yanada jonlantiradi, deb qat'iy işonç bildirilmoqda.

Öşa kuni yangi formatdagi “Şanxay hamkorlik taşkiloti — Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti” uçraşuvi bölib ötadi. Unda tomonlar Afğonistondagi vaziyatni muhokama qiladilar. Şuningdek, hafta davomida Prezidentimiz huzurida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga oid taqdimotlar ötkazilişi rejalaştirilgan”, – dedi Şerzod Asadov öz nutqida.