“Bizning birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz bilan Suriyaning asosiy, katta hududi ozod qilindi. Terrorçilarga jiddiy talafot yetkazildi va Suriya hukumati siz boşçiligingizda öz hududining 90 foizini nazorat qilmoqda”, deb yuzlangan Rossiya prezidenti suriyalik hamkasbiga.

Putinning fikriça, Suriyadagi boş muammo u yerda BMT va Suriyaning ruxsatisiz xorijiy davlatlar qurolli kuçlari qolayotgani hisoblanadi. Rossiya rahbari “Suriyada hamon terrorçilar tomonidan qarşilik körsatiş öçoqlari qolayotgani, biroq şunga qaramay ozod qilingan hududlarga qoçqinlar faol qaytayotganini” qayd qilib ötgan.

Öz navbatida, Başar Asad Suriyada ötkazilgan siyosiy jarayonlar “3 yildan beri töxtab qolganini” aytgan. “Suriyada siyosiy jarayonlarni ötkazişga har tomonlama qarşilik qilayotgan muayyan davlatlar mavjud. Boşqa omillar ham bor, biroq biz ularni anglaymiz va dolzarb masalalarni hal qiliş uçun imkoni bor işni qilmoqdamiz”, deb aytgan Asad. U Moskvaga körsatilayotgan insonparvarlik yordami va Suriyadagi vaziyat böyiça pozitsiyasi uçun minnatdorlik bildirgan.

Suriyani 2000 yildan beri boşqarib kelayotgan Başar Asad mamlakatda 26 mayda ötgan oxirgi prezident saylovlarida ham 95,1 foiz ovoz bilan ğalaba qozondi.