Gvineyada harbiylar tomonidan hokimiyatdan çetlatilgan prezident Alfa Konde öz lavozimidan iste'foga çiqişni rejalaştirmayapti. Jeune Afrique naşrining xabar berişiça, u “iste'foga çiqqandan köra ölişni afzal” deb bilmoqda.

Naşrning ta'kidlaşiça, Kondening iste'fosi masalasi Ğarbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati (EKOVAS) delegatsiyasining Gvineya poytaxti Konakriga taşrifi vaqtida muhokama qilingan. Delegatsiya a'zolari Konde bilan suhbatlaşişga muvaffaq bölişgan.

“Men iste'foga çiqiş haqidagi hujjatni imzolagandan köra ölganim afzal”, deb aytgan ularga Konde.

Ta'kidlanişiça, gvineyalik harbiylar va EKOVAS vakillarining uçraşuvi natijasiga köra Kondening iste'fosi masalasini kun tartibidan olişga qaror qilingan.

Şu bilan birga, harbiylar prezidentni ozod qiliş evaziga undan bir qator şartlar bajarilişini talab qilişmoqda. Ular orasida Kondening mamlakatdagi vaziyat böyiça biron-bir bayonot bermasligi va mamlakatning siyosiy hayotida iştirok etmasligi şartlari bor.

5 sentyabrda Gvineyada maxsus kuçlarning nufuzli bölinmasi harbiylari tomonidan davlat töntaruvi amalga oşirildi. Uning davomida mamlakat prezidenti, 83 yoşli Alfa Konde hibsga olingan va hozirda prezident saroyida uşlab turilibdi.