«Amirsoy» kurort zonasida 700 tup daraxt kesib tashlandi
2021 yil 15 iyun kuni Bo‘stonliq tumanidagi "Amirsoy" qo‘shma korxonasiga tegishli kurort zonasi hududini va unga olib boruvni yo‘lni kengaytirish maqsadida 700 tup daraxt nobud qilingan.
Kun.uz’ga kelib tushgan hujjatlardan ma'lum bo‘lishicha, noqonuniy daraxt kesilishi holati bo‘yicha Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan barcha kerakli hujjatlar to‘planib, huquqiy baho berish va yetkazilgan zararni undirish choralarini ko‘rishni so‘rab 2021 yil 30 iyun kuni viloyat prokuroriga taqdim etilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, kesib tashlangan 125 tup daraxt uchun tabiatga 141 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan, shuningdek, hukumat qarori bilan belgilangan tartibda zarar 5 baravarga hisoblanib, jami 705 mln so‘m undirilishi belgilangan. Ildizi bilan qo‘porilib, bekitish maqsad qilingan 575 tup daraxt bo‘yicha yetkazilgan zarar 253 mln ekani aniqlangan va ushbu summa ham beshga ko‘paytirilib, jami 1 mlrd 265 mln so‘m undirilishi belgilangan. 700 tup daraxt uchun jami yetkazilgan zarar 394 mln so‘m bo‘lsa, qonunga muvofiq undirilishi lozim bo‘lgan summa jami zarar 1 mlrd 970 mln so‘m qilib belgilangan.
Tahririyat holat bo‘yicha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Ozod Rajabov bilan bog‘langanida, u haqiqatan ham shunday holat aniqlanganini, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, viloyat prokuraturasiga jo‘natilganini tasdiqladi. Materiallar prokuraturada bo‘lgani bois qo‘mita ishning keyingi tafsilotlari bo‘yicha ma'lumotga ega emasligini bildirdi.
Toshkent viloyat prokuraturasi axborot xizmati vakili Arslon Toshpo‘latov Kun.uz’ga holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini, tez orada batafsil ma'lumot berilishini bildirdi.
Avvalroq, Denov shahrida 109 tup noyob daraxt kesib tashlanganida huquqbuzar tomonidan yetkazilgan zarar (65 mln so‘m) ko‘p miqdorni tashkil etmaganligi, 329 mln so‘m hisoblangan zarar Hukumat qaroriga asosan beshga ko‘paytirib chiqarilgan summa ekani, jinoyat ishi qo‘zg‘atishda birlamchi summa (65 mln so‘m) inobatga olinishi bois, jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad qilingani bildirilgandi.
Bundan tashqari, Ishtixon va Termizda ham xalqaro savdo markazi qurish uchun ajratilgan hududda ko‘plab daraxtlar kesilgandi.
Ma'lumot uchun, joriy yil 9 sentyabr kuni prezident O‘zLiDeP qurultoyida so‘zlagan nutqida daraxtlarni kesishga muddatsiz moratoriy joriy qilinishini e'lon qilgandi.
Tavsiya etamiz
“Chorsu”da 4 ming, “Farhod”da 10 ming – kartoshka narxlari qanday tebranyapti?
Iqtisodiyot | 11:21 / 23.01.2025
"Husanov tezroq ingliz tilini o‘rganishiga umid qilaman. Uning jismoniy ko‘rsatkichlari ajoyib" – Gvardiola Abduqodir Husanov haqida
Sport | 23:12 / 22.01.2025
Katanets ketdi. U O‘zbekistonni JChga yaqinlashtirgandi
Sport | 21:24 / 22.01.2025
“Ingliz tili katta imkoniyatlar eshigini ochishini erta tushunganman” - Harvard universitetiga 100 foizlik grant yutgan farg‘onalik yigit hikoyasi
Jamiyat | 17:17 / 22.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
Migratsion profilaktika bo‘linmalari tashkil etilmoqda
O‘zbekiston | 10:05
-
Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar uchun shartlarni aytdi
Jahon | 09:35
-
2025 yilda 120 ming xonadonli ko‘p qavatli uylar qurilishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 09:10
Mavzuga oid
13:19 / 20.01.2025
Farg‘ona shahri markazida 11 tup daraxt ruxsatsiz kesib tashlandi
08:32 / 28.11.2024
Qurilish maydonidagi daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
21:14 / 26.11.2024
Toshkentda harakatlanib ketayotgan mashinalar ustiga daraxt shoxi quladi
16:47 / 22.11.2024