“Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Ayrim hududlarda soliq solişning alohida tartibini nazarda tutuvçi soliq rejimi kiritildi.

Alohida hududlar quyidagilardan iborat: 

  • Farğona viloyatining Söx tumani; 
  • Rişton tumanining Çönğara mahallasi; 
  • Farğona tumanining Şohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toştepa – 2 köçasi.

Ayrim hududlarda soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • foyda va daromad soliği böyiça – 1 foiz;
  • tadbirkorlar uçun har çorakda 25 ming söm;
  • ijtimoiy soliq böyiça:
  • yuridik şaxslar uçun – 1 foiz;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun – yiliga bazaviy hisoblaş miqdorining kamida 1 baravari;
  • aylanmadan olinadigan soliq böyiça – 1 foiz (2021 yil 1 yanvardan yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan ham qöllaniladi).

Davlat organlari soliq soliş obektlariga oid ma'lumotlarni soliq organlariga real vaqt rejimida elektron şaklda taqdim etadi.