HOUSEHOLD EXPO xalqaro sanoat körgazmasi Rossiyadagi nooziq-ovqat mahsulotlarini töliq namoyiş etadigan nufuzli körgazma hisoblanadi. Bu körgazmada ilk bor “Özmetkombinat” AJ vakillari ham iştirok etmoqda.

Körgazma «MOKKA Ekspo Grupp» MÇJ, Mayyer kompaniyalari guruhi (UFI). Rossiya Federatsiyasi savdo sanoat palatasi va Rossiya işlab çiqaruvçilar va tadbirkorlar uyuşmasi homiyligida taşkil etilgan.

Uşbu körgazmada kombinatimiz özining sirlangan idişlari bilan qatnaşmoqda. Mazkur körgazmada iştirok etişdan maqsad kombinatimizda işlab çiqarilayotgan sirlangan pölat idişlar eksporti geografiyasini kengaytiriş.

Körgazmada mahsulotlarimizga Ukraina, Ozarboyjon, Moldova, Gruziya, Rossiya va Qirğiziston davlatlari tadbirkorlari tarafidan katta qiziqiş bildirilmoqda. Körgazma 16 sentyabrga qadar «Krokus Ekspo» xalqaro körgazmalar markazining 2-pavilonida davom etadi. 

«Özmetkombinat» AJ Matbuot xizmati Ⓣ