Kuz faslida köçmas mulk bilan boğliq bitimlar tuziş faollaşadi. Narxlarni aniqlaşda sizga yordam beriş uçun OLX tahlilçilari 2020 va 2021 yil avgust oylari uçun xonadonlarning örtaça narxlari dinamikasining xulosasini tuzdilar. Tadqiqot obekti – Toşkent şahrining turli tumanlaridagi ikkilamçi uy-joy bozoridagi bir, ikki, uç va tört xonali xonadonlar.

Örtaça olganda poytaxtda holat quyidagiça: bir xonali xonadonlar 9 foizga, ikki xonali xonadonlar 12 foizga, uç xonali xonadonlar 4 foizga, tört xonali xonadonlar 10 foizga qimmatlaşgan. 

Biz sizga köçmas mulklarning şahar tumanlari böyiça tuzilmasi tahlilini taqdim etamiz, çunki joylaşuv nafaqat xonadonni tanlaşda, balki uning qiymatini aniqlaşda ham muhim mezonlardan biridir. E'tibor bering: har xil turdagi xonadonlarning örtaça narxlari dinamikasi har bir hudud uçun individualdir. Bu ketma-ketlik bir xonali xonadonning narxiga asoslanib, eng balanddan pastga qarab körsatilgan.

Şaharning eng obröli va qimmat tumanlaridan bölgan Mirobod tumanida xonadonlarning narxi 344 million sömdan boşlanadi. Bu yerda ikki xonali xonadonlar narxining nisbatan kötarilişi kuzatilmoqda – 508 milliondan 599 million sömga.

Yakkasaroy tumani eng qimmat köçmas mulk reytingida ikkinçi örinda turadi. Uşbu tumanda barça turdagi xonadonlar narxining barqaror ösişi kuzatilmoqda. Bir xonali xonadon örtaça 301 million söm atrofida, ikki xonali xonadonning narxi 434 million söm – 18 foizga oşgan.

Yunusobodda, ayniqsa, bir (17 foiz) va ikki xonali (19 foiz) xonadonlar narxining ösişi kuzatilmoqda. Uç xonali xonadon narxi 13 foizga oşdi, tört xonali xonadon narxi esa atigi 6 foizga oşdi.

Şayxontohur tumanida biroz boşqaça holat kuzatilmoqda: bir xonali xonadonlar 12 foizga, ikki xonali xonadonlar 17 foizga, uç xonali xonadonlar 11 foizga, tört xonali xonadonlar 23 foizga oşdi.