Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT)ning 250 nafar kuzatuvçisi Özbekistonga keladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasida ötkazilayotgan uçraşuvda YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosining Özbekiston prezidenti saylovini kuzatiş missiyasi rahbari Ouen Merfi ma'lum qildi.

Qayd etilişiça, YeXHT byurosining asosiy guruhi, ya'ni 11 nafar kuzatuvçi keça, 14 sentyabrda Özbekistonga yetib keldi, keyingi hafta yana 28 nafar uzoq muddatli kuzatuvçi yetib kelişi kutilmoqda. 

«Uşbu kuzatuvçilar Özbekiston hududi böylab barça saylov jarayonlarini kuzatib boradi. Şuningdek, saylovdan bir-ikki kun oldin 250 nafar kuzatuvçimiz Özbekistonga keladi. 

Taxminan uç haftadan keyin biz birinçi hisobotimizni e'lon qilamiz. Unda qilinayotgan işlar haqidagi aniq ma'lumotlarimizni beramiz», dedi Ouen Merfi.