Apple kompaniyasi bir neçta smartfon modellarini sotuvdan oldi. Gap iPhone Xr, iPhone 12 Pro va iPhone 12 Pro Max haqida bormoqda.  

Hozirda kompaniyaning rasmiy internet-dökonidan yangi iPhone 13, 13 mini, 13 Pro va 13 Pro Max qurilmalarini sotib oliş mumkin. Bundan taşqari, iPhone 12 va 12 mini hamda iPhone 11 va ikkinçi avlod iPhone SE smartfonlari ham sotuvda.

Apple 14 sentyabr kuni özining yangi mahsulotlari, jumladan, iPhone 13, iWatch Series 7, iPad planşetlarining yangi avlodi va AirPods 3 quloqçinlari taqdimotini ötkazdi.

Kompaniyaning qayd etişiça, iPhone 13ning akkumulyatori kun davomida işlaşga imkon beradi. Şuningdek, yangi iPhone'da kinematografiya rejimi mukammalaştirilgan va video olayotganda ranglar, yoruğlik avtomatik tarzda töğrilanadi.

iPhone 13 modeli 999 dollar, iPhone Pro Max esa 1099 dollardan sotuvga çiqarilgan.