Britaniya boş vaziri Boris Jonson hukumatdagi özgartirişlar doirasida taşqi işlar vaziri Dominik Raab örniga xalqaro savdo böyiça vazir Liz Trassni tayinladi. Trass, şuningdek, ayollar va tenghuquqlik işlari böyiça vazir lavozimini saqlab qolgan. Raab esa adliya vaziri lavozimini egallagan.
Ayni vaqtda Trass egallagan lavozim böş bölib qolmoqda va Jonson unga nomzodlarni közdan keçirmoqda.
BBC’ning xabar berişiça, Afğonistonda toliblar hokimiyatni egallagandan keyin Raab mojaro markazida qolgan. Gap şundaki, u Afğonistondan tarjimonlarni evakuatsiya qiliş yuzasidan Afğoniston taşqi işlar vaziriga qönğiroq qilmagan hamda Kobul toliblar tomonidan egallangan vaqtda Kiprda öz oilasi bilan ta'tilda bölgan.
Uşbu özgartirişdan keyin Britaniya hukumatidagi 4ta asosiy vazir lavozimidan (taşqi işlar, içki işlar, moliya va mudofaa vazirlari) ikkitasini ayollar egallamoqda. Avvalroq iste'foga çiqarilişi mumkinligi aytilgan Priti Patel özida içki işlar vaziri lavozimini saqlab qolgan.
Bundan taşqari, hukumatdagi özgartirişlar doirasida ta'lim vaziri Gevin Uilmson, adliya vaziri Robert Baklend va uy-joy qurilişi vaziri Robert Jyenrik öz lavozimlaridan ayrilgan.
Gevin Uilmson pandemiya vaqtida britan maktablarida yuzaga kelgan muammolar sababli tanqidga uçrab kelgan. Robert Baklend ğaznaçilik lordi etib tayinlangan va boş vazir örinbosari lavozimida qolgan. Robert Jyenrik örniga esa Maykl Gouv tayinlangan.












