Davlat rahbarini Tojikiston boş vaziri Qohir Rasulzoda va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.

17 sentabr kuni bu yerda Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti bölib ötadi.

Özbekiston Şanxay hamkorlik taşkilotining asosçi davlatlaridan biri. 2001 yilda tuzilgan mazkur taşkilotga bugungi kunda sakkizta mamlakat – Hindiston, Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston a'zo.

Ötgan 20 yilda taşkilot xalqaro doirada nufuzli tuzilmaga aylandi. Bugun ŞHT makoni dunyo aholisining qariyb yarmini birlaştirgan, boy tabiiy resurslar, ilğor texnologiyalar va ulkan iste'mol bozoriga ega.

Özbekiston ŞHTga savdo-iqtisodiyot, transport va madaniy-gumanitar sohalarda köp tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş, mintaqaviy xavf-xatarlar va transmilliy jinoyatçilikka qarşi kuraşişning muhim vositasi sifatida qaraydi.  

Mamlakat taşkilot doirasidagi hamkorlikda faol iştirok etib kelmoqda. Davlat rahbarining taşabbuslari hamkorlik kölamini kengaytiriş va natijadorlikni oşirişga xizmat qilmoqda.

Prezident bugunning özida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va Pokiston boş vaziri Imron Xon bilan uçraşuvlar ötkazadi.