Armaniston fikriça, Ozarboyjon BMT Boş assambleyasi tomonidan 1965 yilda qabul qilingan irqiy kamsitişning barça turlarini bartaraf etiş haqidagi xalqaro konvensiyani buzgan. Ta'kidlanişiça, “Ozarboyjon önlab yillar davomida armanlarni irqiy kamsitib kelgan va u olib borayotgan adovat siyosati natijasida armanlar muntazam ravişda kamsitişlar, ommaviy qirğinlar, qiynoqlar va zöravonlikning boşqa turlariga uçrab kelgan”.
Yerevanning ta'kidlaşiça, 2020 yil sentyabrda Ozarboyjon Yerevan va Boku örtasida Toğli Qoraboğ uçun keçgan qurolli ixtilofda konvensiyani yana bir bor buzgan. “Jangovar harakatlar, öt oçiş töxtagandan keyin ham Ozarboyjon arman harbiylarini öldirişda, qiynaşda va boşqa kamsitişlarda iştirok etib kelmoqda”, deyilgan şikoyatda.
“Armaniston Ozarboyjonni kelgusida yetkazişi mumkin bölgan zararning oldini oliş va yetkazgan zararni qoplaş maqsadida konvensiyani buzgani uçun javobgarlikka tortişni söraydi”, deb aytilgan arizada.
Ta'kidlanişiça, arman millatiga mansub şaxslar fuqaroligidan qat'i nazar Ozarboyjon tomonidan kamsitişlarga uçramoqda.












