Şanhay hamkorlik taşkilotiga a'zo mamlakatlar Eronning taşkilotga doimiy a'zo sifatida qabul qilinişi töğrisidagi hujjatni ma'qulladi. Bu haqda Eron taşqi işlar vaziri Amir Abdullaxiyon ma'lum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

«Biz bugun Duşanbeda Eronning Şanhay hamkorlik taşkilotining doimiy a'zoligiga qabul qilinişi töğrisidagi hujjat taşkilot yetakçilari tomonidan mamlakatimiz prezidenti iştirokida ma'qullanganidan mamnunmiz. Mazkur strategik a'zolik qöşniçilik siyosati hamda Osiyodagi siyosat doirasida Eron bilan har tomonlama hamkorlikka muhim ta'sir körsatadi», — deya Abdullaxiyonning sözlaridan iqtibos keltirmoqda ISNA agentligi.

Juma kuni ŞHTning Duşanbedagi sammitida Eronni taşkilotga qabul qiliş jarayoni boşlandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eronning ŞHTga qabul qilinişini qöllab-quvvatladi.

Bungaça Eron ŞHTda kuzatuvçi davlat maqomida edi.

ŞHTga 2001 yilda Xitoy, Rossiya, Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston rahbarlari tomonidan asos solingan. Afğoniston, Belarus va Mongoliya ŞHTda kuzatuvçi, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Şri-Lanka hamkor davlat maqomiga ega.