Rossiyaning "R-Farm" farmatsevtika kompaniyasi Oksford universiteti litsenziyasi böyiça AstraZeneca vaksinasini işlab çiqarişni yölga qöydi. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vazirining birinçi örinbosari Vasiliy Osmakov ma'lum qildi.

"Rossiyada xorij vaksinalari işlab çiqarilmoqda, "R-Farm" eksport uçun AstraZeneca vaksinasini işlab çiqarmoqda", - dedi Osmakov.

Uning sözlariga köra, içki bozor uçun mahalliy vaksinalarning özi yetarli.

"R-Farm" direktori Vasiliy Ignatev may oyida kompaniya iyunda Oksford universiteti va AstraZeneca kompaniyasining koronavirusga qarşi vaksinasini işlab çiqarişni boşlaşini aytgandi.