Şvetsiya boş vaziri Stefan Lyoven mamlakatdagi 12-15 yoşli ösmirlarni koronavirusga qarşi emlaş boşlanişini e'lon qildi. 

“Bu kasallikning oğir keçişi va maktabdan qolib ketişingizning oldini oladi”, – dedi u.

Ma'lumotlarga köra, Şvetsiyada 16 yoşdan katta aholining 80 foizi vaksinaning bir dozasini, qariyb 75 foizi esa har ikki dozasini olgan.

Yevropa regulyatori 12 yoşdan katta ösmirlarni Pfizer/Biontech va Moderna kompaniyalari vaksinalari bilan emlaşga ruxsat bergan. Avvalroq Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya va Portugaliyada ösmirlarni koronavirusga qarşi emlaşga ruxsat etilgandi.

Worldometers sayti ma'lumotlariga köra, Şvetsiyada koronavirus yuqtiriş bilan boğliq 1,1 mlndan ortiq holat qayd etilgan, 14,7 mingdan ziyod bemor vafot etgan.