Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlaştiriş markazi” davlat muassasasida Elektron agrosanoat bozori portali taşkil etiladi. 

Elektron portalda:

  • içki bozorni asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaş darajasi doimiy baholanadi;
  • xöjalik yurituvçi sub'yektlar örtasida onlayn rejimda kooperatsiya aloqalari yölga qöyilib, elektron savdolar taşkil etiladi.   

Elektron portal 2021 yil 1 oktyabrdan 1 dekabrgaça “test rejimi”da işlaydi va 2022 yil 1 yanvardan töliq işga tuşiriladi.

“E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali ajratilgan davlat mulki hisoblangan yer uçastkalari va bino-inşootlar qiymati tadbirkorlar tomonidan, istisno tariqasida, savdo ötkazilgan sanadan boşlab bir yil davomida teng uluşlarda bölib tölaş mexanizmi joriy qilinadi.