«SNS Ratings» reyting agentligi «Özmetkombinat» AJga 2020 yil natijalari böyiça milliy şkalada (uz) «AA» darajada «Barqaror» prognozi bilan qimmatli qoğozlar emitenti korxonasining reytingini berdi. 

2020 yil yakuni böyiça kombinatning umumiy aktivlari 2019 yil yakunlariga nisbatan 15,48 foizga ösdi va 4,4 trillion sömga yetdi. 2020 yilda kombinatning xususiy kapitali 2019 yil yakunlariga nisbatan 7,79 foizga ösdi va 1,8 trillion sömni taşkil etdi. Bir vaqtning özida, ötgan yil moliyaviy mustaqillik körsatkiçlari ança yuqori deb baholandi.

2020 yil yakunlari böyiça kombinatning likvidlik körsatkiçlari yuqori darajani körsatdi va likvidlikning barça koeffitsiyentlari tavsiya etilgan me'yordan ança yuqori bölib kelmoqda.

Şu bilan birga, «SNS Ratings» RA, «Özmetkombinat» AJga, «Toşkent» Respublika fond birjasi tomonidan ötkazilgan qimmatli qoğozlar savdosining 2021 yil 8 oylik yakunlari natijalari böyiça milliy şkalada (uz) «AA+» darajada qimmatli qoğozlar jozibadorligi reytingini berdi. 

Uşbu körsatkiçlar, korxona aksiyalarining investitsion jozibadorligini oşirişga, «Özmetkombinat» AJ aksiyalarini qimmatli qoğozlar ikkilamçi bozorida aylanişining köpayişiga, korxonaning xalqaro moliya bozoriga çiqişini ta'minlaşga va davlat kafilligisiz töğridan töğri çet el investitsiyalarini jalb qilişga imkon beradi.

«Özmetkombinat» ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida foydali ma'lumotlar va takliflarni kuzatib boring:

Telegram: t.me/umk_matbuot_xizmati

Facebook: fb.com/matbuot

Instagram: instagram.com/umk_matbuot_xizmati

Reklama huquqi asosida