Özbekiston prezidenti saylovi hozirgi davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oşirilayotgan islohotlar referendumiga aylanadi. Sankt-Peterburg davlat universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti professori Stanislav Tkaçenko şunday fikr bildirdi.
«Oktyabr oyida bölib ötadigan prezident saylovlari Özbekistonda olib borilayotgan islohotlarning öziga xos referendumiga aylanişi körinib turibdi. Çunki islohotlarning kölami nihoyatda katta», dedi Rossiya Federatsiyasi va xorijiy davlatlar diplomatiyasi magistrlik dasturi rahbari Toşkentdagi konferensiyada.
20 sentyabr kuni Toşkent şahrida «Valday» muhokamalar klubining “Özaro munosabatlarning yangi tarixiy bosqiçida rivojlaniş va xavfsizlik muammolari oldida turgan Rossiya va Özbekiston” deb nomlangan konferensiyasi bölib ötmoqda. Özbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda taşkil etilgan uşbu tadbir «Valday» klubi Özbekistonda ötkazayotgan ikkinçi konferensiya bölib, 2019 yil noyabrida Samarqandda klubning Markaziy Osiyo konferensiyasi bölib ötgandi.
Bir kunga möljallangan konferensiyada ikki mamlakatdan 30 nafarga yaqin ekspert iştirok etmoqda. Tomonlar Rossiya va Özbekiston örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy hamkorlik va özaro boğliqlik hamda Afğonistondagi vaziyat borasida fikr almaşişni rejalaştirgan.
Eslatib ötamiz, 23 iyul kuni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Özbekistonda prezidentlik saylovlariga rasman start berilgandi.
Saylov joriy yil 24 oktabr kuni bölib ötadi. Prezidentlik uçun kuraş Alişer Qodirov (Milliy tiklaniş partiyasidan), Narzullo Oblomurodov (Ekologik partiyadan), Maqsuda Vorisova (Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan), Bahrom Abduxalimov (“Adolat” partiyasidan) va amaldagi davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev (ÖzLiDeP partiyasidan) örtasida keçadi. Bugundan prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi taşviqoti













