Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi
20 sentyabrda Kanadada navbatdan tashqari parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Mamlakat aholisi yaqin 4 yil uchun parlament quyi palatasida ular manfaatlarini kim himoyalashini belgilashlariga to‘g‘ri keladi. Saylovlarda g‘alaba qozongan partiya yetakchisi mamlakat bosh vaziriga aylanadi.
Kanadada navbatdagi saylovlar 2023 yilda o‘tishi kerak edi, biroq bosh vazir Jastin Tryudo rahbarlik qiluvchi Kanada liberal partiyasi parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega emas. Shu sababli Tryudo 15 avgustda parlament tarqatilishi va 20 sentyabrda navbatdan tashqari saylovlar o‘tishini e'lon qilgan. U pandemiyaga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatlar ortida ko‘proq ovoz olib, 2019 yilda qila olmagan ishi – ko‘pchilik hukumatini shakllantirish ilinjida saylovlarni iloji boricha ertaroq o‘tkazishga umid qilgan.
Biroq bosh vazirning bu qarori Kanada jamiyatida salbiy qabul qilingan. Aholining aksariyati hamda muxolif partiyalar pandemiya sharoitida saylovlarni o‘tkazish nomaqbulligini aytishgan. Bundan tashqari, joriy saylovlar ko‘riladigan xavfsizlik choralari sababli mamlakat tarixidagi eng qimmatbahosi bo‘ladi. Ularga 610 mln Kanada dollari (482 mln dollar) sarflanadi. Aholining fikricha, ushbu mablag‘lardan oqilonaroq foydalanish ham mumkin edi.
Saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, saylovlarga 22 partiya va mustaqil nomzodlar qo‘yilgan. Kanadada saylov uchastkalari soat 8:30da ochilib, soat 19gacha faoliyat olib boradi.
Quyi palatadagi 338 o‘rin uchun asosiy kurash mamlakatdagi eng ommaviy siyosiy kuchlar o‘rtasida boradi, bular: hukmron Kanada liberal partiyasi, Kanada “yashillar” partiyasi, “Kvebek” bloki va hokazo.
Mavzuga oid
11:05 / 07.07.2026
Kanada Germaniyadan 12 ta zamonaviy suvosti kemasini sotib oladi
11:19 / 29.06.2026
JCh kundaligi. 1/8 finalning ilk ishtirokchisi ma’lum, Koreya lagerida mojaro, Kabo-Verde sardorida muammo
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026