Bugun, 20 sentabr kuni Senat Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş, Yoşlar, madaniyat va sport masalalari hamda Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qömitalari tomonidan akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Inson a'zolari va töqimalari transplantatsiyasi töğrisida”gi qonun loyihasiga bağişlangan davra suhbati ötkazildi.
Senat axborot xizmati xabariga köra, respublikada 5 ming nafar bemor jigar sirrozidan azob çeksa, ularning 500 nafari, ya'ni 10 foizi jigar transplantatsiyasi amaliyotiga muhtoj. Bugungi kunga qadar mamlakatda jami 10 ta jigar transplantatsiyasi amalga oşirildi.

Istiqbolda buyrak köçirib ötkaziş amaliyotini yiliga 250 taga yetkaziş, jigar transplantatsiyasini esa yiliga 50 taga yetkaziş rejalaştirilgan. Şuningdek, yurak transplantatsiyasini joriy etiş va yiliga 50 ta amaliyot hamda öpka transplantatsiyasini yölga qöyiş va yiliga 30 ta amaliyotni bajariş nazarda tutilgan.
Senatorlar inson a'zolari va töqimalarini köçirib ötkaziş amaliyotini xorijda katta mablağ va vaqt sarflamasdan Özbekistonda ham amalga oşiriş mumkinligiga urğu berdi. Şuningdek, inson a'zolari va töqimalari transplantatsiyasi borasida qonunçilikda belgilangan normalar bugungi kun talablariga mos emasligi, şu bois, mazkur qonun loyihasida aniq tartiblar belgilab berilayotgani ta'kidlandi.

Bundan taşqari, mahalliy kengaşlar deputatlariga qonun loyihasi mazmun-mohiyatini aholi hamda keng jamoatçilik orasida tuşuntiriş, uni yanada takomillaştiriş böyiça takliflarni umumlaştirgan holda taqdim etiş yuzasidan tavsiyalar berildi.












