Joriy yilning 20 sentabr kuni Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar harbiy xizmatçilari örtasida «Mirnaya missiya–2021» («Tinçlik missiyasi») qömondonlik ştab öquvi maşğulotlari boşlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya Federatsiyasining Orenburg viloyatidagi «Donguz» poligonida bölib ötayotgan maşğulotlarda Rossiya Federatsiyasi, Qozoğiston, Özbekiston, Tojikiston, Qirğiziston, Xitoy, Pokiston va Hindiston harbiy delegatsiyalari qatnaşmoqda. Özbekistondan Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Şarqiy harbiy okrug qöşinlari harbiy xizmatçilari iştirok etmoqda.

Yiğinda jami 3,4 ming nafar harbiy iştirokida 600 turdan ortiq harbiy texnikalar qöllanişi nazarda tutilgan. Harbiy xizmatçilar va texnikalarning asosiy qismi Rossiya armiyasiga qaraşli. 

Şuningdek, maşğulotlarning oçiliş marosimida harbiy texnikalar namoyişi ham bölib ötdi. «Mirnaya missiya–2021» birgalikdagi qömondonlik ştab öquvlari 11 sentyabrdan 25 sentyabrgaça davom etadi.