Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Nyu-Yorkdagi boş qarorgohida 21 sentabr kuni BMT Boş Assambleyasining 76-sessiyasi doirasidagi umumiy munozaralar boşlandi. Unda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev videomurojaat bilan sözga çiqdi.
Şavkat Mirziyoyev öz nutqida yangi şaroitlarda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va uning ixtisoslaşgan tuzilmalarining ahamiyati va örni tobora ortib borayotganini qayd etdi.
«Bugun insoniyat öz taraqqiyot yölining tub buriliş davrini boşidan keçirmoqda, xalqaro munosabatlarning tabiati keskin özgarmoqda.
Tinçlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga transmilliy tahdidlar tobora kuçaymoqda, iqlim jadal özgarmoqda, ommaviy migratsiya oqimlari köpaymoqda, an'anaviy qadriyatlar zavol topmoqda.
Işonçim komilki, bunday murakkab şaroitda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va uning ixtisoslaşgan tuzilmalarining dunyo miqyosidagi ahamiyati va örni tobora ortib bormoqda.
Jahon taqdiri bilan boğliq uşbu muhim jarayonlarda aynan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti özining yetakçilik rolini yangi mazmun va sifat bilan davom ettirişi zarur.
Biz Boş kotibning xalqaro munosabatlar tizimida hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlaş, taşkilot faoliyatining samaradorligini va şaffofligini oşirişga qaratilgan harakatlarini qöllab-quvvatlaymiz», dedi prezident.
Prezident BMTning “heç kimni e'tiborsiz qoldirmaslik”, degan tamoyil asosida vaksinalardan teng va adolatli foydalaniş imkoniyatini yaratişga doir sa'y-harakatlarini töliq qöllab-quvvatladi.
«Bugun global ofatga aylangan COVID-19 pandemiyasi va uning nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki ma'naviy-siyosiy oqibatlari diqqat markazimizda turibdi.
Biz Birlaşgan Millatlar Taşkilotining “heç kimni e'tiborsiz qoldirmaslik, hamma uçun va barça joyda”, degan tamoyil asosida vaksinalardan teng va adolatli foydalaniş imkoniyatini yaratişga doir yondaşuvini töliq ma'qullaymiz.
Fursatdan foydalanib, COVAX global platformasi doirasida bizga körsatilayotgan amaliy yordam uçun xorijiy hamkorlarimizga alohida taşakkur izhor etaman.
Biz pandemiyalarga qarşi samarali kuraşda, vaksinatsiya natijalarini xalqaro miqyosda tan oliş jarayonlarida Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining muvofiqlaştiruvçi rolini yanada kuçaytiriş tarafdorimiz.
Özbekiston Respublikasining taşabbusi bilan işlab çiqilgan va Boş Assambleyaning rasmiy hujjati sifatida tarqatilgan Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari töğrisidagi Kodeks bizning bu boradagi amaliy hissamizdir», dedi davlat rahbari.


















