Prezident Şavkat Mirziyoyev Qoraqalpoğistondan Xorazm viloyatiga ketayotib, dastlab Amudaryoda qurilayotgan köprikni közdan keçirdi. 

Davlat rahbari uşbu köprik loyihasi bilan ötgan yili dekabrda Xorazmga taşrifi çoğida  tanişgan, köp ötmay uning qurilişi boşlangan edi. Bugungi kunda qirğoqlar temir-beton bilan mustahkamlanib, köprikning tayanç ustunlari qurilmoqda.

Loyihaning qiymati 174 million dollar bölib, uning evaziga 80 kilometrlik temir yöl va Amudaryo ustida 413 metr uzunlikdagi köprik barpo etiladi.

Prezident quriliş işlarining borişini közdan keçirdi.

- Bu odamlar uzoq yillar kutgan loyiha. Endi yanada köp yillar xalqimizga xizmat qilişi kerak. Şuning uçun birinçi örinda sifat. Ajratilgan mablağ kiçkina emas. Tajribali mutaxassislarni jalb etib, har bir jihatni öylab, elimga, yurtimga deb quriş kerak, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Bu infratuzilmalarning samaradorligi juda yuqori. Masalan, Xorazm viloyati bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi örtasidagi temir yöl masofasi 240 kilometrga, vaqti esa 6 soatga qisqaradi. Mahalliy yuk taşiş hajmi yiliga 12 million tonnadan 25 million tonnaga oşadi. Şuningdek, xalqaro tranzitlar uçun ham qulaylik kengayadi. Avtomobillar harakati yaxşilanib, aholining uzoği yaqin böladi.

Şundan söng prezident Urganç şahriga jönab ketdi. Şavkat Mirziyoyev bugun Xorazm viloyati saylovçilari bilan uçraşuv ötkazadi.