Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillari joriy yilning 1 yanvaridan 31 avgustigaça bölgan davrda respublika soliq tuşumlari hajmi ötgan yilning şu davriga nisbatan 30,8 foizga oşganini körsatdi.
Quyidagi hududlarda soliq tuşumlarining sezilarli ösişi qayd etildi:
- Qaşqadaryo (41,2 foiz);
- Xorazm (39,2 foiz);
- Navoiy (38,9 foiz);
- Samarqand (36,2 foiz);
- Toşkent (35,7 foiz) viloyatlari;
- Toşkent şahri (39,1 foiz).
Soliq tuşumlari ösişining omillari sifatida quyidagilar keltirilgan:
- Ötgan beş yil mobaynida 114ta litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, 33ta faoliyat turi böyiça xabarnoma tartibi joriy etildi;
- Ruxsatnomalar oliş tartib-taomillari soddalaştirildi va ularni beriş muddatlari örtaça 2 barobar qisqartirildi;
- Keraksiz çeklar bekor qilindi;
- Naqd pul, valuta va xomaşyo aylanmasi bilan boğliq çeklovlar bekor qilindi;
- Körilgan çora-tadbirlar natijasida yangi tadbirkorlik sub'yektlari soni jadal köpayib, mavjudlari öz faoliyatini yanada kengaytirdi. Ötgan beş yil mobaynida tadbirkorlar soni deyarli uç barobarga oşdi va faol tadbirkorlar soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 80 foiz köpdir;
- Köplab işbilarmonlar öz biznesini umummilliy ravişda kengaytirib, minglab iş örinlarini yaratdi va yirik muvaffaqiyatli kompaniyalarga aylandi. Içki va taşqi bozorda öz brendiga ega tadbirkorlar sinfi şakllana boşladi.
Avvalroq, YaTTlar uçun ijtimoiy soliq 2 barobarga pasaytirilgani hamda joriy yilda tadbirkorlik sub'yektlariga 9 trilliondan ziyod QQS qaytarilgani ma'lum qilingandi.
















