Liviya milliy armiyasi bayonotida ta'kidlanişiça, feldmarşal öz vakolatlarini bajarişni 24 dekabrgaça ştab boşliğiga işonib topşirgan. Uşbu sanaga Liviya prezidenti saylovlari ötkazilişi belgilangan.
Mamlakatda prezident saylovlari 2019 yil bahorida ötişi kerak bölgan, biroq Haftar kuçlarining poytaxt Tripoliga bostirişi sababli noma'lum muddatga qoldirilgandi. Saylovlar ötkaziladigan yangi sana siyosiy muloqot forumi natijalariga köra belgilangan.
Avvalroq Liviya parlamenti Abdulhamid Dbaybaning milliy birdamlik hukumatiga işonçsizlik bildirgan. Hukumat dekabrdagi saylovlargaça mamlakatni boşqarişi közda tutilgandi.
Liviyada Muammar Qazzofiy tuzumi ağdarilgandan keyin ikkihokimlik örnatilib, mamlakat ğarbida - Tripolida xalqaro tan olingan Milliy kelişuv hukumati, şarqida esa Haftar boşçiligidagi Liviya milliy armiyasi harakat qiladi.












