23 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Iş payti röy bergan baxsiz hodisa yaşirilmoqdami?» nomli maqola va video tarqatilgan. Uşbu videoda 13 sentabr kuni «Özmetkombinat» AJga qaraşli, Ohangaron şahridagi «LiDa metall» korxonasi metall eritiş peçida kuçli yonğin sodir bölganligi va natijada bir neça xodim jarohat olganligi töğrisida xabar berilgan.

Şuningdek, videoda kombinat rahbariyati işlab çiqarişdagi baxsiz hodisani yaşirib, tegişli hisobotga kiritmagan va röyxatga olmaganligi bildirilgan. Jarohatlangan xodimlar ham ma'muriyat tazyiqi bilan şifoxonaga olib borilmay uyida davolanmoqda, degan ma'lumotni körişimiz mumkin. Uşbu maqolaga «Özmetkombinat» AJ rahbariyati izoh berişdi va tarqatilgan ma'lumotlar asossiz va haqiqatga töğri kelmasligini bildirişdi.

Uşbu hodisa aslida 11 sentabr kuni soat 01:15 da sodir bölgan. Bunga sabab peçda eritilgan metallning kimyoviy tarkibidagi uglerod miqdori 0,93 foizni taşkil etgani va bu holatda uglerod miqdorini kamaytiriş uçun texnologik jarayonda peçga kislorod yuborilişi közda tutiladi.

«Videoda tasvirlangan holat texnologik jarayonga kiradi va mazkur hodisada tan jarohati olgan deb aytilgan Nuriddin Haydarov va boşqa işçilar aslida heç qanday tan jarohati olmagan va şu kunning özida işlarini davom ettirişgan va bugungi kunda ham salomatliklari yaxşi» - deyiladi «Özmetkombinat» AJ axborotida.

Şu örinda hamyurtlarimizga bu kabi yolğon axborotlarga aldanib qolmasliklarini va zaruriyat tuğilganda "Özmetkombinat" AJ Matbuot xizmatiga murojaat qilişingiz mumkinligini eslatib ötamiz!

Murojaat uçun: +998901783477

«Özmetkombinat» AJ Matbuot xizmati Ⓣ