Futzalçilar oila a'zolari, muxlislar va OAV vakillari tomonidan olqişlar bilan kutib olindi.

Milliy jamoa öyinçilari Kun.uz'ga bergan intervyularida mundial taassurotlari bilan örtoqlaşişdi.

Tajribali futzalçi Dilşod Rahmatov muxlislarning qöllab-quvvatlaşidan ta'sirlangani haqida gapirdi: «Har bir öyinga finaldek munosabatda böldik. Xatolarimiz bor, kamçiliklar ustida işlaymiz. Futzalimiz darajasi Erondan qolişmasligini isbotlaşga urindik.

Albatta, raqiblar biz haqimizda iliq sözlar aytişdi. Ammo bizni ularning emas, muxlislarning maqtovi köproq ta'sirlantirdi».

Turnirda 4ta gol urib, jamoa töpurariga aylangan Ixtiyor Ropiyev eng oğir öyin Misr (2:1) bilan ötganini ta'kidladi: «Misr bilan bahs eng oğiri böldi. Çunki bizga faqat ğalaba kerak edi. Sönggi 7 daqiqagaça juda qiynaldik.

Albatta, skautlar bizning öyinçilarga ham qiziqiş bildirişdi. Buning natijasini tez orada bilib olamiz. Lekin bizdagi muammo — agentlar yöqligi».

Jamoaning yoş va iqtidorli a'zolaridan biri Husniddin Nişonov yigitlar Erondan revanş oliş kayfiyatida ekanliklarini aytdi: «Forslar bilan öyindan qoniqdik, lekin biroz omad va sovuqqonlik yetişmadi. Yaqinda Osiyo çempionati bor. Xudo xohlasa, Erondan revanş olamiz.

Legioner böliş — har bir futzalçining orzusi. Nasib qilsa, bizning öyinçilar ham tez orada xorij jamoalarida öynaşadi».

Darvozabon Ravşan Eliboyev: «Taassurotlar? Ta'riflaşga til ojiz. Muxlislarga minnatdorçilik bildirmoqçiman.