Ijara huquqi asosida yaşaydigan talabalarning oylik ijara tölovi bir qismini qoplab beriş davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobga qöyilgan köçmas mulk ijara şartnomasiga muvofiq ijara huquqi asosida yaşaydigan ariza beruvçilarga nisbatan tatbiq etiladi. 

Röyxatga olingan doimiy yaşaş joyi doirasida (tuman, şahar miqyosida) ariza beruvçilarga oylik ijara tölovining bir qismini qoplab beriş amalga oşirilmaydi. Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yaşagan holatlarda ularning barçasi ijara şartnomasida qayd etilgan bölişlari şart. Mazkur tartib davlat OTMning faqat kunduzgi ta'lim şaklida öqib, ijara huquqi asosida yaşaydigan talabalariga nisbatan tatbiq etiladi. 

Ariza beruvçi tegişli ma'lumot yoki hujjatlarni özi ta'lim olayotgan fakultetning yoşlar bilan işlaş bölimi dekan örinbosari yoki OTMning talabalarni turar joy bilan ta'minlaş işlarini muvofiqlaştiruvçi bölimiga topşiradi. Mas'ullar 1 hafta davomida ariza beruvçi ma'lumotlarining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini örganadi. Söng ma'lumotlarni umumlaştirib, körib çiqiş va xulosa beriş uçun navbatdagi haftaning birinçi kunida talabgorlarni tanlab oliş komissiyasiga taqdim etadi.

Komissiya bir iş kunida talabgorlar töğrisidagi ma'lumotlarni örganib çiqib, qaror qabul qiladi. Şunga köra, davlat OTM rektori (filial direktori)ning buyruği rasmiylaştirilib, arizalari qanoatlantirilgan talabgorlar töğrisidagi tegişli ma'lumotlar va ularning röyxati tölovlarni amalga oşiriş uçun buxgalteriyaga taqdim etiladi. 

Arizasi ijobiy hal etilgan talabalar uçun ijara tölovining bir qismi davlat budjeti mablağlari hisobidan ular ariza bergan sanadan boşlab qoplab beriladi.

Ijara tölovining bir qismini qoplab beriş: öquv yili davomida (har yili 1 sentyabrdan 1 iyulgaça) yoki öqitiş dasturi böyiça öquv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi; ariza beruvçi tomonidan har oyning 7-sanasigaça arizalar mas'ullarga taqdim etilganidan söng amalga oşiriladi. Uşbu muddatlar tugagandan keyin berilgan arizalar körib çiqilmaydi.

Ijara tölovining qoplab beriladigan qismi Toşkent şahrida – BHMning 1 baravari, qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan oşmasligi lozim.