Hujjat, şuningdek, 81 a'zodan iborat hukumat va milliy ötiş kengaşi taşkil etilişini közda tutadi.
Boş vazir lavozimini harbiylardan bölmagan şaxs egallaydi, unga va hukumat a'zolariga mahalliy va milliy darajadagi saylovlarda iştirok etiş taqiqlanadi. Milliy ötiş kengaşini prezident va ikki vitse-prezident boşqaradi, ularga ham saylovlarda iştirok etiş taqiqlanadi. Bundan taşqari, kengaşda kamida 30 foiz örinni ayollar egallaşi lozim.
5 sentyabrda bir guruh harbiylar Gvineyada davlat töntaruvini amalga oşirib, prezident Alfa Kondeni hibsga olişgandi. Isyonçilar yetakçisi Dumbuya hukumat tarqatilişi, çegaralar yopilişi, mamlakat konstitutsiyasi amal qilişi töxtatilişini e'lon qilgan.
Dumbuya töntaruvga mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat sabab bölganini aytgan. “Respublika institutlarining zaifligi, fuqarolar huquqlarining oyoqosti qilinişi, samaraciz moliyaviy boşqaruv, sud tizimining suiiste'mol qilinişi armiyani Gvineya xalqi oldidagi mas'uliyatni öz zimmasiga olişga majbur qildi”, deb ta'kidlab ötgan Dumbuya.
BMT boş kotibi Antoniu Guterriş va Yevropa ittifoqining taşqi işlar böyiça oliy vakili Jozep Borrel Gvineyadagi töntaruvni qoralab, harbiylarni Kondeni ozod qilişga çaqirgan.












