Millat mafkurasiz yaşolmaydi: biz ildizlarimizdan uzilmagan holda odimlayapmiz
|00:10 / 28.09.202112 00412 min
Har bir xalq qonida milliy mafkuraning ilk ildizlari yaşaydi. El-u xalqni bir bayroq ostida birlaştiradigan ğoya esa ana şu jon tomirlardan oziqlanadi.
Milliy tafakkur tirik ekan, jamiyatda oldinga siljiş, özaro birdamlik, muştarak maqsad yölida adolatli kuraş ham böladi. Çunki umummilliy mafkuragina jamiyat a'zolarini birlaştiriş vazifasini bajarişi allaqaçon öz isbotini topgan.
Şu jihatdan olib qaraganda, bugun Özbekiston uyğoniş ostonasida turibdi. Ortga nazar taşlaydigan bölsak, mustaqillik ğoyasi, milliy mafkura bizga toğdek tayanç böldi. Xalqimiz özining asriy orzusiga erişgaç, endi özining mustaqil taraqqiyot yölini belgilab olişi öta muhim ijtimoiy-siyosiy, öz navbatida ma'naviy zaruratga aylandi.
Biroq qançalik aççiq bölmasin, xalqimiz uzoq yillar faqat balandparvoz şiorlardan iborat ğoyaviy hayotni ham yaşab ötdi. Biz bong urgan baxtli va farovon jamiyat haqidagi orzularning köpi muallaq qolgan edi. Pirovardida Istiqlolga yetib, buyuk dovondan ötgan xalq uçun yangi va munosib ğoya juda zarur ekanligi oydinlaşdi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev yetakçiligida “Milliy tiklanişdan – milliy yuksaliş sari” degan da'vatkor ğoya hayotimizga tobora çuqur kirib borayotgani, ayni şu asosda xalqimiz hayotini tubdan yaxşilaş, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni ta'minlaş, innovatsion taraqqiyot borasida muhim qadamlarni taşlaganimiz tom ma'noda e'tirofga arzigulikdir. Eng muhimi, keng jamoatçilik, el-yurtimiz barça ijobiy özgarişlarning taşabbuskori va bunyodkoriga aylanmoqda. Prezident urğu berganidek, "Mamlakatimiz fuqarolari qayerda bölmasin, davlat himoyasida ekanini, qonun va adolat kuçini his etib yaşamoqda. Bugun bir haqiqatni qat'iy işonç bilan aytiş mumkin: dunyoda turli xavf-xatarlar, manfaatlar töqnaşuvi kuçayib borayotgan hozirgi tahlikali vaziyatda Özbekistonda şakllangan yangi tizim özini töla oqlamoqda".
Şu örinda savol tuğiladi: davlat rahbari yangi Özbekistonning buguni va ertangi istiqbolini ta'minlaydigan, xalqimizni birgalikda, yengilmas kuç bölib mehnat qilişga, islohotlarga daxldorlik hissi bilan yaşaşga da'vat etuvçi tamoyil sifatida nega aynan “Milliy tiklanişdan – milliy yuksaliş sari” ğoyasini örtaga taşlamoqda? Uşbu serqirra va mazmun-mohiyati ğoyat ulkan bölgan ğoyaning amaliy qiyofasi nimalarda gavdalanmoqda?
Avvalo, bevosita yoş avlod bilan işlovçi ta'lim tizimi mas'uli sifatida aytişim kerak, biz bu uluğvor ğoyaning amaliy ifodasini yoş avlodning ta'lim-tarbiyasi, tafakkurini yuksaltiriş yölidagi muhim taşabbus va islohotlarda aniq köra oldik. Bolalarimizning boğça yoşidanoq ilmga, kasb-hunarga rağbatini uyğotiş, milliy qadriyatlarga hurmatini oşirişga muhim vazifa sifatida qaraldi. Uçinçi Renessans poydevorini yaratuvçi oltin halqalardan biri bölgan oliy ta'lim tizimi milliy va xalqaro mezonlarni özida mujassam etgan yangilaniş va özgarişlar bilan isloh qilindi. Öğil-qizlarning iste'dod va qobiliyati, ezgu intilişlarini töliq röyobga çiqariş, ijtimoiy faolligini oşiriş, hayotda munosib örin egallaşlari uçun barça imkoniyatlarni yaratib beriş davlatimizning boş maqsadiga aylandi. Ayniqsa, ta'limning barça böğinlariga zamonaviy ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etişga qaratilgan sa'y-harakatlar munosib samara berayotir.
Mavzuga oid
Milliy qadriyatimizning eng nozik durdonasi bölgan oilani asraş, onalik va bolalikni himoya qiliş, xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, ayollarning mehnat va turmuş şaroitini yaxşilaş, gender tenglikni ta'minlaş borasidagi işlar ham izçil davom ettirildi. Xususan, kam ta'minlangan oilalarda kamol topayotgan qizlarning bilim oliş imkoniyatini kengaytiriş uçun yangi tizim joriy etildi. Unga muvofiq, bunday qizlarimiz uçun joriy yilda oliy ta'lim dargohlariga davlat granti asosida 2000 ta qöşimça örin ajratildi.
Mana şu ezgu taşabbusning öziyoq mamlakatning milliy yuksalişi sari qöyilgan xayrli qadamlaridan biri, aslida.
Mavzuning eng asosiy jihatiga e'tibor qaratadigan bölsak, "Har qanday mustaqil davlat mustahkam ma'naviy poydevorga ega bölgandagina yuksak taraqqiyotga erişa oladi", degan sözlar mohiyatini anglab yetiş ğoyat zarurdir.
Yurtimizda “Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi” doirasida umumta'lim maktablarida birinçi marta “Tarbiya” fanining joriy etilgani, qolaversa, milliy davlatçiligimiz va özligimiz timsoli bölgan ona tilimizni rivojlantiriş, yoşlarda davlat ramzlariga bölgan çuqur hurmat va mehr-muhabbatni, milliy ğururni şakllantirişga alohida ahamiyat berilayotganini ana öşa "ma'naviy poydevor"ni yaratiş yölidagi eng töğri qadam deb baholaş kerak.
Yurtimizda birinçi marta “Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi” qabul qilinganidan tortib, inson huquqlarining eng muhim şarti bölgan şaxsning fuqaroligini tiklaş böyiça ham salmoqli qadamlar qöyildi. Taraqqiyot kuşandasi bölmiş illat – korrupsiyaga qarşi dadil kuraşni boşladik. Eng asosiysi, jamiyatimiz hayotining barça jabhalarini erkinlaştiriş, söz va matbuot erkinligi, oçiqlik va oşkoralik tamoyillarini çuqur qaror toptiriş, davlat hokimiyati idoralari faoliyati ustidan samarali jamoatçilik nazoratini örnatiş böyiça boşlangan işlar ortga qaytmas tus olganini davlat rahbarining özi köp bora ta'kidlayapti. Bularning bari yangi Özbekiston ğoyasi barqaror tus olgani, ta'bir joiz bölsa, xalqimiz hayotida aks-sado berayotganidan dalolat emasmi?!
Bugun turfa odamlarning "xalqimizga milliy mafkura kerakmi?" degan nisbatdagi fikriy olişuvlariga tomoşabin bölib qolmasligimiz şart. Köngilga taskin beradigan bir haqiqat borki, yangi va uluğ yölga çiqqan Özbekiston özining bugungi va yaqin istiqboldagi hayoti uçun "Milliy yuksalişdan – milliy taraqqiyot sari" ğoyasini tanlab, dadil odimlab bormoqda. Dunyoda heç kimdan kam bölmagan, keçagidan uluğvor maqsadlar bilan oldinga intilayotgan yurt odamlari öz taqdirini Vatan taqdiri bilan uyğun köra olişi, şaxsiy va umummilliy manfaatlarni birlaştira olişi milliy mafkuraning şakllanişida muhim va tayanç nuqtadir.
Şu örinda, qariyb bir asrdan ortiq davr silsilalarini yodga oladigan bölsak, ma'rifatparvar jadidlarimiz orzu qilgan, kuraşib, intilib ötgan timsol aynan yangi Özbekiston ğoyasi edi. Aslida "jadid" sözining ma'nosi ham "yangi" demakdir. Jadidçilik harakatining mohiyati milliy özlik va milliy ma'rifat asosida bunyod etilgan yangi Vatan quriş, dunyoga ma'naviy-ma'rifiy porloq nigoh bilan qaraydigan yangi xalqni tarbiyalaşdek uluğvor maqsadga qaratilgan edi. Bugun davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev boşlab bergan yangi Özbekistonni yaratiş, yurt yelkasini ezib kelgan keçagi oğriqlardan qutulib, butunlay yangiça hayot barpo etiş maqsadi aynan jadidlarimizning uluğvor sa'y-harakatlari bilan muştarak deb ayta olamiz. Zotan, jadidlarimiz boşlab bergan uluğ yöl bardavomdir, uni davom ettirişga har bir yoş, har bir yurtdoşimiz qodir bölmoği kerak.
Bundan anglaşiladiki, jadidlar ölmagan, ularning timsoli mayoq bölib porlab turibdi, fidoyi zotlar boşlab qöygan milliy mafkura davom etadi. Vatan va xalq birligiga, milliy taraqqiyotga asoslangan tamoyillarga qayta jon kirdi.
Bugun mamlakatda amalga oşirilgan izçil özgariş va yangilanişlar, hayotbaxş islohotlarni, ularning samarasidan bahramand bölib yaşayotgan yangi avlod ham, umuman, har bir vatandoşimiz ham jadid böladi, islohotlarga yelkadoş, suyanç böladi.
Milliy ğoya mamlakat xalqining ma'naviy-ruhiy qudrati, ğurur-iftixori, ezgu orzu-intilişlari, uluğvor manfaatlarini özida aks ettiradigan va şu yölda jamiyat a'zolarini birlaştiradigan, buyuk işlarga safarbar etadigan kuç-quvvat manbai ekan, u jamiyat tasavvurida millatning tarixi, bugungi kuni va kelajak taraqqiyotini uyğunlaştirib, muttasil rivojlanib boradigan eng muhim tuşunça va tamoyillar tizimi sifatida gavdalanadi. Soğlom fikrlaydigan har bir insonda öz eliga, millatiga jonkuyar böliş, uning yutuqlaridan faxrlaniş, muammolariga befarq bölmaslikka çorlaydigan qudrat ham milliy ğoya, demak.
Buyuk xalqimizning qariyb uç mingyillik hayotiy a'moli aks ettirilgan "Avesto" kitobidagi "Ezgu söz, ezgu fikr, ezgu amal" ğoyasi bugungi yangi Özbekiston mafkurasining ham asosiy tamoyili bölib xizmat qilmoqda. Jamiyatimiz hayotida buyuk tariximizdan, ajdodlarimiz qoldirgan moddiy, ma'naviy merosdan, başariyat erişgan umuminsoniy qadriyatlar hamda milliyligimizni biliş va anglaşga qaratilgan azm-u şijoatimizdan kuç olgan milliy ğoyamiz yangi Özbekistonga xos va mos istiqbolni belgilaş yölida barçamizga mayoq bölmoqda.
Buyuk qomusiy olim Mahmud Qoşğariyning "Bir qarğa bilan qiş kelmas" naqli e'tiborimizni tortadi. Qadimgi ajdodlarimiz amal qilib kelgan uşbu maqolda birdamlikka intiliş mohiyati yotadi. Bu mohiyat bugungi yangi Özbekiston milliy ğoyasining xalq va millatning bir butun bölişi, yagona Vatan tuyğusi bilan birlaşişini közda tutgan asosiy tamoyilida ham aks etmoqda.
Yusuf Xos Hojibning "Budun baylikinğa töru tuz qodun", ya'ni "Xalq boy bölişi uçun adolatli siyosat kerak" yoki "Töru suv turur, aqsa ne'mat unar", ya'ni "Adolat suv kabidir, oqsa ne'mat unadi" degan hikmatli iboralari ham bugungi amalga oşirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar mohiyatiga tölaqonli mosdir.
Şuningdek, "Örxun-Enasoy" yozma yodgorliklari mazmunini örganiş çoğida unda uluğ turk xoqoni Bilga Xoqonni xalqni birlaştiriş, bir makon uçun muhabbatli bölişga qaratilgan ezgu yöldan borganini anglaş mumkin.
Zamonlar oşa ajdodlarimiz ibratiga yuzlanganimizda çuqur bunyodkorlik, vatanparvarlik ruhi bilan suğorilgan Naqşbandiya tariqati, bu ta'limotning “Dil ba yoru dast ba kor” şiori bugungi hayotimizda ham öz ifodasini topayotganini köramiz. Umuman olganda, Özbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqiçida "Milliy tiklanişdan – milliy yuksaliş sari" degan boş ğoyamizning ilk asoslari yuksak bilim va tafakkurga ega uluğ ajdodlarimizning boy merosida aks ettirilgani va munosib davom etib kelayotgani quvonarlidir.
Milliy ğoyamizning yagona Vatan tuyğusi, adolat – qonun ustuvorligida, xalq roziligi, innovatsion taraqqiyot, jaholatga qarşi ma'rifat deb nomlangan ramziy ustunlari butun xalqimizga milliy yuksalişni umummilliy harakatga aylantiriş yölida muhim asos, tayanç tomir bölib xizmat qilayotir.
Milliy mafkura har qaysi millatning hayot-mamot masalasi ekanligi ayni haqiqat. U bizning tafakkurimiz, turmuş tarzimiz, öy-maqsadlarimiz, e'tiqodimiz, kerak bölsa, har bir vatandoşimizning hayotiy prinsiplari asosida şakllanadi. Sönggi beş yil içida uddalaganlarimiz, erişgan uluğvor maqsadlarimiz, xalqimiz qalbida nafaqat buguni, ertangi taqdiri, kelajagi uçun katta umid va şijoat uyğonganining öziyoq bu borada töğri va işonçli yölda ekanligimizni anglatadi.
Bahodir ŞeRMUHAMMADOV,
Farğona davlat universiteti rektori Ⓣ