“Özbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi, “Buyuk xizmatlari uçun” ordeni sohibi Toşmuhammad Sarimsoqovning nomini barçamiz yaxşi bilamiz.

Toşmuhammad domla topologiya va funksional analiz böyiça Toşkent ilmiy maktabining asosçisi, yuzlab şogirdlarning ustozi edilar. Xalqimiz u kişining hozirgi Özbekiston Milliy universiteti, Özbekiston Fanlar akademiyasi, oliy ta'lim vazirligida rahbar lavozimlarida mehnat qilib, respublikamiz taraqqiyoti yölidagi ulkan xizmatlarini heç qaçon unutmaydi. 

Fidoyi olimning ilmiy merosini çuqur örganiş va xotirasini abadiylaştiriş maqsadida, jumladan, “Sarimsoqov öqişlari”ni yölga qöysak, Andijon davlat universitetining iqtidorli talabalari uçun olim nomidagi stipendiyalar taşkil etsak, olim xotirasiga atab, u kişi tuğilgan Şahrixon tumanida Toşmuhammad Sarimsoqov nomidagi aniq fanlarga ixtisoslaşgan maktab barpo etsak va yodgorlik örnatsak, öylaymanki, har tomonlama adolatli iş böladi.  

Ma'lumki, Andijon – kuragi yerga tegmagan polvonlar, butun dunyoga tanilgan mohir sportçilar yurtidir. Ayniqsa, Andijon boks maktabining yorqin vakillari bölgan, Muhammadqodir Abdullayev, Hasanboy Döstmatov, Iqboljon Xoldorov, Jasurbek Latipov singari önlab maşhur sportçilar, Mars Qöçqorov, Aleksandr Razmaxov, Valentin Zolotaryov kabi yuksak malakali murabbiylarning nomlari hammamizga yaxşi taniş. 

Viloyatda şakllangan şonli an'analarni yanada rivojlantiriş maqsadida Andijon boks akademiyasini taşkil etsak, ayni muddao böladi. Bu akademiya – men bunga işonaman – yurtimizni boks böyiça çempionlar mamlakatiga aylantirişga katta hissa qöşadi”, dedi prezidentlikka nomzod.