Siyosatçining ta'kidlaşiça, Vaşington Pxenyandan “diplomatik hamkorlik va heç qanday şartlarsiz muloqotni” talab qilmoqda. Biroq Kim Çen Inning ta'kidlaşiça, bu “AQŞning xalqaro hamjamiyatni aldaş va öz duşmanona harakatlarini yaşirişi uçun közni şamğalat qilişidan bölak narsa emas”.

Şimoliy Koreya rahbarining aytişiça, muloqot haqidagi taklif AQŞning avvalgi ma'muriyatlari olib borgan duşmanona siyosatning davomi hisoblanadi.

“AQŞda hokimiyat tepasiga yangi ma'muriyat kelganidan keyin ötgan oxirgi 8 oy AQŞning bizga nisbatan harbiy tahdidi va duşmanona siyosati heç qança özgarmaganini körsatdi”, deb aytgan Kim Çen In.

Avvalroq u AQŞni Şimoliy Koreyaning boş duşmani deb atagan. Uning ta'kidlaşiça, Vaşingtonning Pxenyanga nisbatan siyosati AQŞ ma'muriyatidagi rahbarlik lavozimlarini kim egallaşidan qat'i nazar özgarmaydi.

Şimoliy Koreya yetakçisining aytişiça, Vaşington öz “duşmanona niyatlari”dan qaytgaçgina, Pxenyan bilan munosabatlarni yaxşilaşi mumkin.