LG Electronics (LG) kompaniyasi 2021-2022 yillar mavsumidagi EISA Awards marosimida uy-rözğor borasidagi innovatsiyalar sohasida öz mukofotlari röyxatini yana beştaga oşirdi. Har yili maişiy elektronika böyiça dunyoning yirik tahririyat taşkiloti bölgan Expert Imaging and Sound Association assotsiatsiyasi tomonidan an'anaviy ötkaziluvçi EISA mukofoti bir neça LG mahsulotlariga ustuvor xususiyatlari va ajoyib dizayn sababli taqdim etildi: LG OLED televizorlari (OLED65G1, OLED48C1 modellari), LG QNED Mini LED televizori (75QNED99 modeli), LG Eclair saundbari (QP5 modeli) va LG TONE Free True Wireless Stereo quloqçini (FP8 modeli).
LG mahsulotlari EISA mukofotini turli nominatsiyalar böyiça öninçi yil ketma-ket olib kelmoqda. Joriy yilda 65-dyuymli LG G1 OLED-televizori EISA 2021–2022 böyiça «Eng yaxşi premium OLED televizori» sifatida e'tirof etildi. LG 65G1 yuqori yorqinlik va kuçli α (Alpha) 9 Gen 4 AI protsessoriga ega OLED evo paneli tufayli tasvir sifatining yangi standartlarini yaratadi. EISA hakamlari Dolby Vision IQ va Dolby Atmos texnologiyasi kötara olişi, şuningdek, HDMIga işonçli ulaniş va keng kölamli intellektual funksiyalar sababli LG televizorlarini «hayratlanarli bayonot» sifatida qayd etişdi.
48-dyuymli LG C1 OLED televizori «Öyinlar uçun eng yaxşi televizor» EISA tarixidagi birinçi mukofotni qölga kiritdi. LG öz OLED-paneli va barça törtta HDMI kiriş qismlarida Dolby Vision HDR bilan videolarni tahrirlaş funksiyasi, 120 Gs tezlikda kadrlarni yangilaş çastotasiga ega universal 48-dyuymli 4K ekrani bilan mehmonxona uçun ham, öyin xonalari uçun ham mukammal tarzda mos kela oladi.

Bundan taşqari, LG Game Optimizer va Game Dashboard funksiyalari turli öyin janrlari va sozlanuvçi tasvir parametrlari, boşqariluvçi yangilaniş tezligi (VRR) hamda kesilgan kadrlarsiz vizual effekt uçun past darajadagi tutiluvçi avtomatik rejim (ALLM) va tezkor boşqaruv uçun avvaldan sozlanişlarni ta'minlab beradi.
Joriy yilda EISA «Eng yaxşi 8K televizori» mukofoti tasvirni katta detallaştiruvçi, Quantum Dot NanoCell texnologiyasining mutanosibligi sababli yanada aniq ranglarni va odatiy televizorlar bilan soliştirganda mini LED yoruğligini ta'minlab beruvçi LG QNED Mini LED televizoriga nasib etdi. LG Quantum Dot NanoCell paneli yuqori yoruğlik hamda çuqur qora rangni ta'minlaydi, noyob qorartma zonasiga ega mukammallaştirilgan yoritkiçlar esa yuqori kontrast koeffitsiyentli aniq yoritişni ta'minlaydi.
EISA «Saundbarlarda innovatsiyalar» mukofotiga esa LG Eclair loyiq deb topildi. Istalgan interer bilan uyğunlaşa oluvçi dumaloq dizayn va minimalistik matodagi korpusga ega LĞning eng ixçam saundbari ayniqça, katta bölmagan uylar uçun mos keladi. Uşbu qulay va şu bilan birga kuçli texnikaga ikkita 5,25-dyuymli dinamika va tebranişlarni minimallaştiradigan bipolyar konfiguratsiyali simsiz sabvufer örnatilgan. Bu esa öz navbatida, foydalanuvçilar qöşnilarni bezovta qilmagan holda çuqur basdagi toza ovozdan bahra olişlariga imkon beradi.












