Maqsuda Vorisova Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

Foto: Xalq demokratik partiyasi
Bugun O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Maqsuda Vorisova Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda nomzod Maqsuda Vorisova vohalik saylovchilarni saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlar bilan tanishtirdi. Dasturdan joy olgan mamlakatda ijtimoiy tenglik va xalq demokratiyasi mezonlariga mos keladigan davlat va jamiyat barpo etish, davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik, ta'lim, tibbiyot, madaniyat, qonun ustuvorligini ta'minlash, tashqi siyosat masalalariga doir ustuvor yo‘nalishlar xususida batafsil ma'lumot berildi.
Ma'ruzada aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari, kundalik ehtiyoj bilan bog‘liq hamyonbop tovar va xizmatlar, arzon uy-joy va kommunal xizmatlar bilan ta'minlash, aholining kam ta'minlangan qatlamlariga bepul, sifatli va to‘laqonli birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish, yoshlarning kasb-hunar tanlashi, bepul va sifatli ta'lim olishi, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun imkoniyatlar ko‘lamini kengaytirish mexanizmlarini takomillashtirish, Muruvvat va Mehribonlik uylari faoliyatini yanada yaxshilash borasida takliflar bildirildi.
Dasturda Surxondaryo viloyatini jadal rivojlantirish, xalqning turmush farovonligini oshirish bo‘yicha ham chora-tadbirlar belgilangan. Jumladan, mahalliy hokimliklar darajasida hayot uchun muhim va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlar hamda kundalik zarur tovarlarni ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rta muddatli hududiy dasturlar shakllantirilishi, mahsulotlarni to‘liq qayta ishlovchi korxonalar tizimi yaratilib, paxta, ipak, jun, charm va zig‘irdan xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish orqali qishloq tumanlariga sanoat olib kirilishi lozimligi ta'kidlandi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar nomzodning dasturida mamlakatni har tomonlama taraqqiy ettirish, barcha yo‘nalishdagi islohotlarning ijtimoiy samaradorligini oshirish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, demokratik o‘zgarishlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan eng muhim masalalar qamrab olinganini ta'kidlab, O‘zbekiston Prezediyenti saylovida Maqsuda Vorisova nomzodini qo‘llab-quvvatlashlarini ma'lum qildilar.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi
Axborot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
AQSh elchisi o‘zbekistonlik noqonuniy migrantlarga murojaat qildi
O‘zbekiston | 16:53 / 03.04.2025
AQShning yangi bojlari O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?
Nuqtayi nazar | 14:23 / 03.04.2025
Xorazmda pulini ko‘paytirib berishni aytib, mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 20:24 / 02.04.2025
Bitta mashinada nuqson topilsa, brendning hamma modellarini yoppasiga taqiqlash to‘g‘rimi?
O‘zbekiston | 20:13 / 02.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Taniqli jurnalist Jasur Hamroyev vafot etdi
Jamiyat | 10:30
-
Toshkentda beton to‘siqqa urilgan BYD yonib ketdi
Jamiyat | 09:52
-
Zelenskiy: Tinchlikparvarlik missiyasini ishchi guruhlar tayyorlaydi
Jahon | 09:27
-
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi
Jamiyat | 09:14
Mavzuga oid

18:01 / 09.12.2021
XDP faollari va deputatlari ko‘chat ekish aksiyasida ishtirok etishdi

21:51 / 25.10.2021
Maqsuda Vorisova 1991 yildan keyingi saylovlarda 2-o‘rinni olgan nomzodlar ichida eng ko‘p ovoz oldi

11:38 / 24.10.2021
O‘zbekistonda saylov. Nomzodlar, hokimlar va boshqa mashhurlar ovoz bermoqda

21:00 / 22.10.2021