USM Telecom («YueSeM Telekom») va MegaFon özbekistonlik şeriklari bilan birgalikda Digital Holding qöşma korxonasini tuziş bosqiçini yakunlaşdi.
«29 sentabr kuni USM Telecom va MegaFon özbekistonlik şeriklari bilan birgalikda Digital Holding qöşma korxonasinining tuziş bosqiçini yakunlaşdi. Özbekiston davlat aktivlarini boşqariş agentligida qöşma korxona tuziş böyiça yakuniy hujjatlar töplami imzolandi. Digital Holding kompaniyasiga ilgari Ucell boş direktori lavozimini egallagan Vladimir Kravçenko rahbarlik qiladi.
Digital Holding Markaziy Osiyodagi eng yirik telekommunikatsiya bozorida texnologik yetakçiga aylanişni maqsad qilgan. Kompaniyaning faoliyati Özbekiston Respublikasida telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va sifatini yaxşilaşga, xususan xalqaro standartlarga mos raqamli infratuzilmani şakllantiriş, şuningdek ma'lumotlarini saqlaş va qayta işlaş, raqamli markirovka va alohida turdagi tovarlar harakatini nazorat qilişda ilğor texnologiyalar va tizimlarini joriy etişga qaratilgan böladi», deya xabar berdi Ucell matbuot xizmati Kun.uz’ga.
Qöşma korxona Ucell aloqa operatorining 100 foiz ustav kapitali, USM şu'ba korxonalari — CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan’ni öz içiga oladi. Şuningdek, Rossiya tomoni Digital Holding kompaniyasini rivojlantiriş uçun 100 million dollar sarmoya kiritadi. Qöşma korxonaning 51 foiz uluşi MegaFon va USM Telecom’ning qöşma korxonasi hisoblangan «Digital Invest»ga, 49 foizi esa Özbekiston Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga tegişli böladi.
Ucell (COSCOM MÇJ)ning yangi boş direktori lavozimiga ilgari Rossiyada MegaFonning mintaqaviy rivojlaniş böyiça direktori lavozimida işlagan Andrey Şişkovskiy tayinlandi. ICS Holding Uzbekistan kompaniyasini Andrey Maygur boşqaradi. Anatoliy Baçikalov CRPT Turon boş direktori lavozimini saqlab qoladi.
«Digital Holding» qöşma korxonasining yaratilişi «MegaFon» OAJ singari kuçli öyinçining bozorga kelişi ilğor texnologik yeçimlar joriy etilişiga xizmat qiladi. Mamlakat rahbariyati tomonidan soha oldiga iqtisodiyot tarmoqlari raqamli transformatsiyasi, xususan, mobil aloqani kelgusida rivojlantiriş böyiça katta vazifalar qöyilgan.
Raqamli iqtisodiyot iqtisodiy ösişning asosiy boşqaruvçi kuçi sifatida belgilangan. Şuning uçun mobil aloqa va internet xizmatlari sifatini oşiriş, elektron tijorat tizimlari, raqamli xizmatlar va dasturiy mahsulotlarni rivojlantirişni jadallaştiriş közda tutilmoqda», deydi Özbekiston Respublikasi boş vaziri maslahatçisi Olimjon Umarov.

















