2021 yil oktabr oyida TBC Bank o‘zbek bozoriga kirib kelgan kunini nishonlaydi va bu yubileyga bag‘ishlangan «Shu yerda. Hozir» nomli kommunikatsion kampaniyasini boshlaydi. Kampaniyadan ko‘zlangan maqsad – zamonaviy O‘zbekiston qanday ekanini turli rakurslardan ko‘rsatib berish.

TBC Bank mintaqadagi yirik innovatsion o‘yinchi sifatida nafaqat mahalliy raqamli muhitni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda, balki zamonaviy O‘zbekiston qanday ekanini anglashga harakat qilmoqda. TBC «Shu yerda. Hozir» kampaniyasi doirasida san'at, musiqa, oshpazlik, innovatsion texnologiyalar, moda va arxitekturaga o‘z hayotini bag‘ishlagan zamonaviy qahramonlar haqida ma'lumot to‘playdi.

«Biz zamonaviy O‘zbekistonda yashayotgan odamlar uchun bu O‘zbekistonni yaratayotgan odamlar haqida kampaniya o‘tkazmoqchimiz. Biz mazkur mamlakat haqidagi stereotiplardan chetlashgan holda zamonaviy O‘zbekistonning yangi qirralarini kashf qilib, uning yorqin, innovatsion va o‘ziga xos ekanini ko‘rsatib bermoqchimiz», – deydi TBC Uzbekistan marketing bo‘yicha direktori Kamilla Mo‘minova.

O‘zbekistonning ildizlari qadim asrlarga borib taqaladigan san'ati o‘zbek xalqi qalbiga nazar solish imkonini beradigan vositadir. O‘zbekistonning zamonaviy san'ati bugungi kunda milliy san'at an'analari, Yevropa postmodernizmi an'analari hamda o‘tgan asr 20-30-yillaridagi O‘zbekiston tasviriy san'atining sintezi hisoblanadi. Kampaniya xorijda yuqori baholanuvchi o‘zbek san'atining naqadar go‘zal ekaniga yana bir bor amin bo‘lish imkonini beradi.