Ikki institutsional investor - YeTTB va XMK TBC Uzbekistan’da 20 foizdan ulush sotib olishni rejalashtirmoqda. Investitsiyalar bozorda yangi tashkil etilgan xususiy o‘yinchining operatsion faoliyatini yanada oshiradi va sohada korporativ boshqaruvning xalqaro standartlarini ilgari suradi.

Birinchi to‘lov 2022-2024 yillar mobaynida kapitalni yanada ko‘paytirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har ikki investorning har biri uchun 9,4 million dollarni tashkil qiladi. 

YeTTB vakolatxona rahbari Alkis Drakinos bu 2017 yilda YeTTBning mamlakat bilan hamkorligi yangilanganidan buyon O‘zbekistonda bank sektorida aksiyadorlik kapitaliga birinchi sarmoya bo‘lishini qayd etdi. 

«Bizni yigirma yil davomida qo‘llab-quvvatlagan XMK va YeTTB bilan uzoq yillik muvaffaqiyatli hamkorlik tarixi bor. Men YeTTB va XMKga hamkorlikning yangi bosqichini boshlaganidan minnatdorman. Bu birgalikdagi faoliyat O‘zbekistondagi faoliyatimiz kengayishining yana bir muhim bosqichini ko‘rsatadi, bu mamlakatda ishimiz o‘sish sur'atlarini tezlashtirish va o‘zbekistonliklarga innovatsion hamda hamyonbop mahsulotlar assortimentini kengaytirish imkonini beradi. TBC UZ mobil ilova orqali chakana bank yechimlarini taklif qiladigan Space platformasidagi innovatsion fintech asosida muvaffaqiyatli ishlamoqda», dedi TBC Bank bosh ijrochi direktori Vaxtang Butsxrikidze.