Adliya vazirligi xabariga köra, bir qator yangi komissiyalar taşkil etiladi.

Muddatli harbiy xizmatga çaqiriş uçun:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar mudofaa işlari boşqarmalari huzuridagi rahbariyat kengaşi;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar yiğin punktlarida – harbiy-tibbiy komissiya;
  • tuman (şahar) mudofaa işlari bölimlari huzurida Qurolli Kuçlarni butlaş komissiyasi;
  • muqobil xizmatga çaqiriş, safarbarlik çaqiruvi rezervidagi xizmatga oliş, harbiy xizmatga çaqirişni keçiktiriş va Qurolli Kuçlar zaxirasiga ötkaziş uçun – mudofaa işlari bölimlari huzuridagi hududiy komissiya;
  • çaqiriluvçilarni tibbiy körikdan ötkaziş, soğliğining darajasini aniqlaş va davolanişga yuboriş uçun – mudofaa işlari bölimlari huzuridagi hududiy tibbiy komissiya taşkil etiladi.

Harbiy xizmatçilarning, OTM kursantlarining, harbiy yiğinlarga çaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning va safarbarlik çaqiruvçi rezervidagi xizmatni ötayotganlarning moddiy javobgarligi belgilandi.

Bunda mazkur şaxslar yetkazilgan zarar aniqlangan kundan e'tiboran 3 yil içida moddiy javobgarlikka tortilişlari mumkin.