AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp öz advokatlari orqali Florida ştati federal sudiga Twitter ijtimoiy tarmoğidagi akkauntini töliq tiklanmaguniga qadar vaqtinça blokdan çiqarişni sörab murojaat qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.

Agentlikning yozişiça, murojaatda Twitter AQŞda «oçiq demokratik debatlar uçun beqiyos va xavfli darajadagi hokimiyatga ega»ligi aytilgan.

Trampning Twitter akkauntida 88 mln obunaçi bor edi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoq Trampning şaxsiy akkauntini bloklab qöygandi. Bu 6 yanvarda uning tarafdorlari AQŞ kongressi binosini egallab olişga uringanidan söng yuz bergandi.