Şu bilan birga, u har qanday davlatning samolyoti uçun Belarus ustidan parvoz xavfsizligini ta'minlaşga tayyorligini aytgan. “Agar hududimiz ustidan uçişga qörqsangiz, men şaxsan kompaniyangizga ham, davlatingizga ham yoki boşqa biror kimga Belarus ustidan parvoz xavfsizligini töliq kafolatlayman. Biroq men yoki huquq-tartibot idoralari Belarus davlatiga xavfni körsak, biz bu yerda har qanday davlat samolyoti - xoh Britaniya, xoh AQŞ bölsin, qöndiramiz”, deb aytgan Lukaşenko.

Uning ta'kidlaşiça, bunday vaziyatda har qanday davlat şunday yöl tutgan bölardi. “Bu normal holat va men ham bundan istisno emasman”, deb qöşimça qilgan Belarus rahbari.

23 may kuni Ryanair aviakompaniyasining Afinadan Vilnyusga parvoz qilgan Boeing 737 yölovçi samolyoti uning bortida bomba borligi haqidagi xabardan keyin Minskda majburan qöndirilgandi. Keyinroq uşbu xabar yolğonligi ayon bölgan. Samolyot aeroportga qöngaç, uning bortida bölgan belaruslik muxolifatçi Roman Protaseviç va unga hamrohlik qilgan Sofya Sapega hibsga olingan. Uşbu hodisadan keyin Yevropa ittifoqi Belarus aviakompaniyalariga nisbatan sanksiyalar kiritgan, Yevropa aviakompaniyalariga esa Belarus ustidan uçmaslik tavsiya qilingan. Şu sababli hozirda dunyoning yirik aviakompaniyalari Belarusga va uning ustidan uçişdan boş tortmoqda.