Har oyda şu bölar takror, har oy ham şunday ötadi…
Kun.uz’ga murojaat qilgan va şaxsi sir saqlanişini söragan budjet taşkilotlari hisobçilari har oy UzASBÖdagi texnik nosozliklardan aziyat çekişini ma'lum qilişgan. Ulardan bir neçtasini keltirib ötamiz.
Budjet taşkilot hisobçilari nomidan sizlarga yozyapman. Özim Buxoroda davlat taşkilotida hisobçiman. Biz davlat taşkiloti bölganimiz uçun UzASBO dasturida xodimlarning oylik maoşlarini hisoblaymiz. Lekin 1 yildan buyon har oy bir xil muammo bizni qiynaydi. Aynan oyning 15 sanasi, ya'ni avans vaqtida va oyning oxiri 30–31 sanasi hamda keyingi kunlarda oylik iş haqlarini hisoblayotgan paytimizda UzASBO dasturi umuman işlamay qoladi. Şu sababli kunma-kun oyligini kutadigan oddiy xodimlarning iş haqlarini hisoblaş, tölaş keçikadi. Mana bu oy ham 4 oktyabr sanasi yetib keldi hamki dastur umuman işlamayapti, natijada iş haqlari keçiqmoqda.

Yana bir murojaatçi buxorolik hisobçining fikrlarini takrorlaydi.
“Serverlar ötgan yilning boşida almaştirilgandi. Şundan beri har oy avans va iş haqi payti UzASBO muammosi bizni qiynaydi. Texnik nosozlik sabab kuni bilan şu dasturga tikilib ötiramiz, qaçon işlarkan deb”, deydi murojaatçi.
Bugun, 4 oktyabr kuni UzASBO böyiça telegramdagi savollar guruhida hisobçilar faqat şu masala böyiça murojaat qoldirişgan.

Yana bir hisobçi ayni şu guruhda UzASBO mutaxassislari 2021 yil may oyida serverlar özgartirilişini, şundan keyin dasturda muammo yuzaga kelmasligini aytişgani haqida gapirdi. Ammo muloqotdan tuşuniş mumkinki, serverlar özgartirilmagan.
Moliya vazirligi mas'ulining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, har oyning 1–5 sanalarida hammaga oylik hisoblab tuşguniça hamda 14–16 sanalarda avans tuşgunça biroz texnik nosozlik böladi. “Çunki bu paytda butun Respublika böyiça jarayon ketgani uçun dasturga bosim böladi”, – deya holatni izohladi Moliya vazirligi matbuot xizmati.
Moliya vazirligi matbuot xizmati texnik muammolar kuzatilganiga qaramay, dastur işlaşda davom etayotganini ta'kidladi. Kun.uz’ga murojaat qilgan hisobçilar esa soat 18 ga yaqinlaşganiga qaramay dastur işlamayotganini aytişdi.












