Ijtimoiy tarmoqlarda maktab öqituvçilari dekabr oyi uçun maoşlari tölanişi keçikayotganidan şikoyat qilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi izohiga köra, bu – budjet taşkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritiş böyiça UzASBO-2 tizimiga ötiş jarayonida yuzaga kelgan texnik muammolar bilan boğliq.
“Bugungi kunda uşbu nosozliklarni bartaraf etiş yuzasidan zarur çoralar körildi hamda UzASBO-2 tizimi orqali budjet taşkilotlarining dekabr oyi ikkinçi yarmi uçun 35 foiz budjet taşkilotlarining iş haqlari moliyalaştirib berilişi ta’minlandi.
Iş haqini tölaş jarayonida UzASBO-2 tizimining bir maromda işlaşi uçun mutaxassislar tomonidan monitoring olib borilmoqda va iş haqini belgilangan muddatlarda (5 iş kunida) moliyalaştirib beriş yuzasidan zaruriy çoralar körilmoqda”, – deyiladi vazirlik Telegram-kanaliga 5 yanvar soat 18:09da joylangan xabarda.
Ma’lumot uçun, UzASBO tizimidagi texnik nosozliklar sabab budjet taşkilotlari xodimlariga tölovlarning keçikişi bundan avval ham kuzatilgan.












