Muammo nimada?

Kun.uz ötgan oy buxgalterlarning murojaatlari asosida ayni oylik va avans hisoblaydigan paytlari Moliya vazirligining UzASBO dasturi işlamay qolişi, buning natijasida maoşlar keçikişi borasida maqola e'lon qilgandi.

Bizga murojaat qilgan va şaxsi sir saqlanişini söragan budjet taşkilotlari hisobçilari har oy UzASBÖdagi texnik nosozliklardan aziyat çekişini ma'lum qilgandi.

“Özim Buxoroda davlat taşkilotida hisobçiman. Biz davlat taşkiloti bölganimiz uçun UzASBO dasturida xodimlarning oylik maoşlarini hisoblaymiz. Lekin 1 yildan buyon har oy bir xil muammo bizni qiynaydi. Aynan oyning 15 sanasi, ya'ni avans vaqtida va oyning oxiri 30–31 sanasi hamda keyingi kunlarda oylik iş haqlarini hisoblayotgan paytimizda UzASBO dasturi umuman işlamay qoladi. Şu sababli kunma-kun oyligini kutadigan oddiy xodimlarning iş haqlarini hisoblaş, tölaş keçikadi. Mana bu oy ham 4 oktyabr sanasi yetib keldi hamki dastur umuman işlamayapti, natijada iş haqlari keçikmoqda”, – deya murojaat qoldirgandi buxgalterlardan biri.

Oradan bir oy ötib, yana mazkur muammoalar takrorlana boşlagan.

Holatni tekşiriş maqsadida Telegram'dagi “UzASBÖga savollar” guruhini közdan keçirdik. Bugun 2 noyabr kuni guruhga tizim işlamayotgani haqida yuzlab xabarlar qoldirilganiga guvoh böldik.

Buxgalterlardan biri tizim bosimni kötara olmay, işlamayotganini ta'kidlagan.

“Markazlaşgan buxgalterlar juda qiynalyapti-ku, özi ştat kam, keçasi bilan işlasak ham işlamaydigan dastur dastidan iş haqini yopolmayapmiz”, – deb yozadi yana bir hisobçi.

Moliya vazirligi munosabati

Vazirlik matbuot xizmati avvalgi munosabatining mazmunidan çetga çiqmagan holda avans va oylik paytida tizim işlamay qolişi bosim bilan boğliqligini ta'kidladi. “Tizim işlamasa, heç kimga oylik tuşmagan bölardi. UzASBÖga oylik paytida ortiqça bosim bölgani uçun uning işlaşi sekinlaşadi. Bu işlamaydi degani emas”, – dedi Kun.uz bilan suhbatda matbuot xizmati mas'uli. Şuningdek, u serverlar doimiy yangilanib borişini qöşimça qildi.

Eslatib ötamiz, ötgan oyda ham Moliya vazirligi vakili oylik va avans hisoblaş vaqtida tizimda texnik nosozlik bölişini, bunga dasturga böladigan bosimning ortişini sabab qilib körsatgandi.