Senat majlisida Moliya vaziri Timur Işmetovdan davlat taşkilotlari hisobçilari xodimlarga oylik iş haqi va avans tölaş paytida UzASBO dasturi işlamay qolişi, buning natijasida maoşlar keçikişining sababi söraldi.
Senatorning aytişiça, köpçilik bu muammo uzoq vaqtdan buyon yeçimini topmayotganidan norozi bölib keladi.
“Bu dasturni qaytadan işlab çiqiş payti keldi va mazkur yönalişda işlar olib borilyapti. Oylik tölaş paytida kuniga örtaça 27 mingta sörovnomalar kelib tuşadi. Şunday paytda dasturda sekinlaşiş böladi.
Oxirgi yillarda tölovlar kölami va soni keskin ortgan. Şuning natijasida Moliya vazirligi tizimidagi barça, şu jumladan, UzASBO dasturini işlatişda yuklama ortib, qiyinçiliklar yuzaga keladi. Bugungi kunda server kompyuterlari özgartirilgan. Hozir dasturiy ta’minotni yangilaş böyiça işlar bajarilmoqda”, dedi Moliya vaziri.
Kun.uz’ga ham mazkur dastur işlamay qolişi, buning natijasida maoşlar keçikişi yuzasidan bir qança murojaatlar kelib tuşgandi. Ular saytimiz orqali e’lon qilingan.












