Xalqaro munosabatlarda davlatlar örtasidagi munosabatlarning keskinlaşuvi yadro qurollaridan foydalaniş xavfini nihoyatda kuçaytirib yubordi. Bu haqda BMT Boş kotibining örinbosari, qurolsizlaniş masalalari böyiça oliy vakili Izumi Nakamitsu BMT Boş assambleyasining qurolsizlaniş masalalariga bağişlangan 76 -sessiyasi yiğilişida ma'lum qilgan.

«Yadro quroliga ega kuçlar örtasidagi duşmanlikning kuçayişi yadroviy xavflarni qabul qilib bölmaydigan darajaga olib çiqdi», dedi u.

Nakamitsuning ta'kidlaşiça, nafaqat yadroviy qurollar, balki davlatlar tomonidan töplab borilayotgan an'anaviy qurollar ham dunyoga jiddiy xavf tuğdiradi. Uning aniqlik kiritişiça, 2020 yilda global harbiy xarajatlar qariyb 2 trillion dollarni taşkil qilgan, bu 2019 yilga nisbatan 2,6 foizga köp.

Avvalroq, Stokholm Xalqaro tinçlik tadqiqotlari instituti 2020 yilda global miqyosda harbiy maqsadlarda sarflangan mablağlar hajmi 1,98 trillion dollarni taşkil etganini ma'lum qilgandi.

Ötgan yildagi jami harbiy xarajatlarning 62 foizi 5 ta davlat hissasiga töğri kelgan: AQŞ, Xitoy, Hindiston, Rossiya va Buyuk Britaniya.

  • AQŞ – 778 mlrd dollar;
  • XXR – 252 mlrd dollar;
  • Hindiston – 72,9 mlrd dollar;
  • Rossiya – 61,7 mlrd dollar;
  • Buyuk Britaniya – 59,2 mlrd dollar.

Harbiy xarajatlarning global YaIMdagi uluşi 2019 yildagi 2,2 foizdan 2,4 foizga oşgan.